Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzi haqida oʻzi maʼlumot beradigan kitoblar haqida eshitganmisiz?

16.04.2025, 09:58981
Oʻzi haqida oʻzi maʼlumot beradigan kitoblar haqida eshitganmisiz?

Bu loyiha yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Italiyaning “Magister Art” kompaniyasi tomonidan  amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tez orada yurtimizda Sivilizatsiyalar bogʻi tashkil etilishi kutilyapti. Bu haqda joriy yil sentabr oyida ochilishi kutilayotgan megaloyihaning kontentlarini boyitish boʻyicha mahalliy olimlar va xorijiy mutaxassislar ishtirokida boʻlib oʻtayotgan qizgʻin muhokamalarda maʼlum qilindi. 


Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidan oʻrin olayotgan “Birinchi Renessans davri” ekspozitsiyasi jahon andozalari asosida tashkil etilyapti. 


Italiyaning “Magister Art” kompaniyasining kreativ direktori Alessandra Kostantini, mashhur arxitektor Laura Peretti hamda Markaz xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻtkazilgan muhokamada loyiha ishtirokchilari tomonidan ekspozitsiyaning islom ilmlari, aniq va tabiiy fanlar, Bogʻdod va Xorazm Maʼmun akademiyalari kabi sektorlarga qoʻyiladigan eksponatlar va markaz binosi atrofida tashkil etiladigan maxsus sivilizatsiyalar bogʻi haqida soʻz yuritildi. 


Dunyo boʻylab madaniy va maʼrifiy tadbirlar, xalqaro koʻrgazmalarni tashkil etuvchi Italiya kompaniyasi ekspozitsiyaning tarkibiy qismlari, uning vizual va konseptual mazmunini yanada takomillashtirishga oid takliflar berdi. Xususan, meʼmoriy meros, sanʼat namunalari va ilmiy kashfiyotlarni zamonaviy texnologiyalar orqali namoyish etish usullari koʻrib chiqildi. Ushbu tashkilot madaniy merosni targʻib qilish, kino va mediamahsulotlar yaratish hamda mashhur sanʼat va ilm ahllari bilan hamkorlik qilish borasida katta tajribaga ega.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14828
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9950
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar