Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Indoneziya musulmon haj tashkilotchilari assotsiatsiyasi raisi: "Bu markaz — Oʻzbekistonning madaniy yuragi”

10.12.2025, 19:321891

Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xususan Islom madaniyati va tasavvuf merosini xalqaro maydonda yanada keng targʻib etishga qaratilgan muhim qadamlar doirasida “Naqshbandiylik” festivali oʻzining xalqaro nufuzi bilan eʼtibor qozonmoqda. Festival munosabati bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan Indoneziyaning 14 ta yetakchi sayohat agentliklariga mansub 60 nafardan ortiq turoperator va turizm sohasi vakillari Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib, bu yerda yaratilgan muazzam muhit, zamonaviy texnologiyalar hamda tarixiy merosning namoyishi ularda katta qiziqish va hayrat uygʻotdi. Delegatsiya aʼzolari uchun ekskursiya uyushtirilib, Markazda joylashgan 3000 yillik tarixni qamrab olgan ekspozitsiyalar, qoʻlyozmalar, artefaktlar, interaktiv madaniy-taʼlimiy zallar va asosiy Renessans maktablariga bagʻishlangan boʻlimlar xususida batafsil maʼlumot berildi.

Tashrif jarayonida mehmonlarga Markazning asosiy mafkuraviy yoʻnalishlari, Prezident Mirziyoyevning “Inson qadri – oliy qadriyat” tamoyiliga muvofiq amalga oshirilayotgan maʼrifiy islohotlar, Oʻzbekistonning tarixiy-ilmiy merosini global maydonga olib chiqish boʻyicha keng koʻlamli loyihalar taqdim etildi. Indoneziyalik turoperatorlar ayniqsa Ikkinchi Uygʻonish davri, Ulugʻbek Mirzo ilmiy maktabi, Ibn Sino, Beruniy kabi allomalarning merosi zamonaviy dizayn va raqamli texnologiyalar orqali yorqin aks ettirilganini yuqori baholadi.

Mita Tanjung, Indoneziya musulmon haj tashkilotchilari assotsiatsiyasi raisi:

“Bu markaz Oʻzbekiston sivilizatsiyasi, tarixi, mahalliy donishmandlik va maʼnaviyatning butun jozibasini oʻzida jamlagan maskan. Har bir boʻlimdagi eksponatlar juda qimmatli. 

Markazdagi barcha goʻzalliklar, ajoyib maʼlumotlar, tarixiy boyliklarni koʻrish men uchun katta baxt. Oʻzbekistonda qadimdan to hozirgi kungacha boʻlgan butun sivilizatsiya mujassam ekan. Vizual zal va ayniqsa Kaʼba kisvasi namoyish etilgan boʻlim menga juda katta taassurot qoldirdi. Bu joy Indoneziya musulmon sayyohlari uchun ham juda muhim. Kelgusida biz ham Oʻzbekistonning buyuk sivilizatsiyasi, tarixi va madaniyatini yanada koʻproq odamlar kelib koʻrishiga hissa qoʻshamiz”. 

Mehmonlar oʻz taassurotlarida oʻzbek xalqi merosining boyligi va umuminsoniy ahamiyati bu yerda maxsus kontent, vizual ekspozitsiyalar va innovatsion taqdimot orqali gʻoyat taʼsirli namoyon boʻlganligini alohida qayd etdilar. Shuningdek, ular Islom sivilizatsiyasi markazi Indoneziya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy-turistik hamkorlik uchun katta salohiyatga ega ekanini taʼkidlab, bu tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi turizm oqimini sezilarli oshirishini aytdilar.

Muhammad Gazali, umra va haj sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasining mintaqalar raisi:

“Bu markaz nihoyatda chiroyli,  qadimgi sivilizatsiya merosi zamonaviy va ilgʻor texnologiyalar bilan uygʻunlashtirilgani juda hayratlanarli. Bu yerga kirganingizda goʻyo oʻsha davrning oʻzida yurgandek, tarix sahifalari orasida sayr qilayotgandek boʻlasiz.

Markaz muzeyida Birinchi, Ikkinchi Renessans va Yangi Oʻzbekiston davrlarining ruhi jonlangan. Menimcha, bu juda qiziqarli va oʻziga xos tajriba. Shu sababli Indoneziyadagi birodarlarimni ham bu maskanga tashrif buyurib, tosh davridan tortib Islom dinining kirib kelishigacha boʻlgan sivilizatsiya taraqqiyotini oʻz koʻzlari bilan koʻrishga chorlayman”. 

Julian Ananda, Indoneziya “Halal Tour” turistik agentligi aʼzosi:

“Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi  nihoyatda ajoyib maskan. Bu yerda zulmat davridan boshlab oltin davrgacha, yaʼni Islom sivilizatsiyasi shakllangan davrlargacha boʻlgan boy tarix mujassam.

Mazkur ulkan majmua Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan boʻlib, uning arxitekturasi, dizayni va mazmuni bilan har bir tashrifchini hayratga soladi. Oʻzbekistonga kelgan mehmonlar, albatta, bu maskanga tashrif buyurishlari kerak chunki bu majmua nafaqat goʻzal, balki chuqur maʼnaviy va tarixiy mazmunga ega”.

Tashrif yakunida delegatsiya rahbarlari Oʻzbekiston Prezidentiga samimiy minnatdorlik izhor etib, Islom sivilizatsiyasi markazini “Oʻzbekistonning madaniy yuragi”, “Markaziy Osiyoning eng ilgʻor markazi” deb atashdi va mamlakatimizdagi turizm salohiyati, mehmondoʻstlik anʼanasi hamda madaniy merosni saqlash siyosatiga yuqori baho berdilar.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14843
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12236
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7996
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar