Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Formula-1” yulduzi Sharl Lekler Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi muzeyidan hayratda qoldi”

13.12.2025, 10:552836

“Skuderia Ferrari” jamoasining “Formula-1” chempioni Sharl Lekler Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga tashrif buyurib, bu bino, undagi har bir boʻlim va ekspozitsiyadagi mayda detallargacha boʻlgan eʼtibor oʻziga xos chiroy va mukammallikni namoyon etganini eʼtirof etdi.

Sharl Lekler, “Formula-1” chempioni:

“Bu yerda koʻrganlarim — haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada hayratlanarli. Men bugun guvoh boʻlgan manzaralarni boshqa hech qayerda uchratmaganman. Markaz ichidagi har bir detal, har bir boʻlimga berilgan eʼtibor — nihoyatda nafis va aniq maqsadli tashkillashtirilgan.

Men uchun yangi madaniyatlar, yangi mamlakatlar bilan tanishish doimo qiziqarli. Oʻzbekiston esa oʻzining boy, chuqur va juda jozibali tarixi bilan alohida ajralib turadi. Bu yerga taklif etilganim, mamlakat haqida koʻproq bilish imkoniga ega boʻlganim men uchun katta sharaf. Buning uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Bu tashabbus, menimcha, juda ulkan ahamiyatga ega. Markazni koʻrish menda juda katta taassurot qoldirdi. Men Oʻzbekistonda bir marta boʻlganman va oʻsha paytdanoq bu yurt menga juda yoqqan edi.

Mana, ikkinchi bor kelishim. Bu safar madaniyatni yanada yaqindan anglash, xalq va mamlakat haqida koʻproq maʼlumot olish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.

Koʻrgazmalar ham juda yuqori darajada tashkil etilgan. Bu yerda qoʻllanilgan texnologiyalar, materiallar va yondashuv — barchasi oʻziga xos, oʻzgacha. Markazda Oʻzbekiston tarixining yirik bir boʻlagi mujassam ekani yaqqol seziladi”

 

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14842
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12235
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7995
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar