Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar alyansi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

15.12.2025, 09:272507

Jidda shahriga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning rasmiy safari doirasida qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur safar Prezident tashabbusi bilan bunyod etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining boy madaniy-maʼnaviy merosini xalqaro miqyosda targʻib etish, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.

Safar doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Jidda shahrida Islom sanʼati muzei direktori Mamduh Usmon bilan uchrashdi. Unda Markaz faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, islom sivilizatsiyasining ilmiy, tarixiy va maʼnaviy merosini oʻrganish va targʻib etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi. 

Shuningdek, barcha muzokara va uchrashuvlar davomida qoʻshma koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, xalqaro anjumanlar oʻtkazish, mutaxassislar va tadqiqotchilar oʻrtasida tajriba almashish masalalari keng muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sivilizatsiyalar alyansi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat sivilizatsiyalar oʻrtasida muloqotni mustahkamlash, madaniy bagʻrikenglikni targʻib qilish, shuningdek, islom sivilizatsiyasi merosini jahon hamjamiyatiga keng yetkazishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tomonlar mazkur uchrashuvlar ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidlab, kelgusida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14842
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12235
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7994
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar