
Yangiliklar
“Markazning 500 kishiga moʻljallangan konferensiya zali javonlarini ham kitoblar bilan toʻldiramiz” — Umida Teshaboyeva
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasini tashkil etish masalasiga bagʻishlangan navbatdagi muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Unda respublikaning turli joylarida kutubxona tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibida Markaz kutubxonasi 1 va 2 qavatlarining yangilangan intereri dizayn loyihasi muhokama etildi. Shuningdek, Markaz kutubxonasini jihozlash, IT parki hamda AAKT dasturiy taʼminoti, ilmiy loyihalarni rasmiylashtirish masalalari qoʻrib chiqildi. Loyiha rahbari, Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboyevaning maʼruzalari tinglandi.
"Kutubxonachilik oddiy ish emas, u katta ilm. Minglab kitoblarni shunchaki rastalarga joylash bilan ish bitmaydi. Mutaxassislar uni oʻrganadi, tahlil qiladi va oʻrganishlari natijasida kitoblarni ilmiy asosga koʻra jovonlarga joylaydi. Biz ishchi guruhimizdagi har bir mutaxassisdan oldiga qoʻyilgan vazifalarga ilmiy yondashishlari soʻralyapti. Markazda faqat kutubxona bilan cheklanib qolganimiz yoʻq. Oldinda yana bir katta vazifa turibdi. Bu –Markazning 500 kishiga moʻljallangan konferensiya zalida ham ulkan kitob javoni boʻladi va u kitoblar ham mutaxassislar tomonidan oʻrganilib, eng sara va nodirlari u yerga joylanadi. Shuningdek, Markaz maʼrifiy maskan boʻlganligi uchun uchun har bir boʻlimida kitob va kitob mahsulotlari boʻladi. Hamkasblarimiz bevosita bularni ham oʻz nazoratiga olib, kutubxonachilik mezonlari asosida boʻlimlarga koʻmak beradi", — deydi Umida Teshaboyeva.
Maʼlumot uchun, Markazning kutubxona boʻlimida 26 ta ilmiy-innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi yigʻilishda masʼullari oʻzlarining ilmiy-innovatsion loyihalarining taqdimotini oʻtkazadi
Eng ko‘p o‘qilganlar

Markaz va TURKSOY o‘rtasida miniatyura maktabi ochilishi rejalashtirilmoqda
Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov kutib oldi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashida Prezident qarori asosida ustuvor vazifalar belgilab olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror ijrosini taʼminlash masalalari O‘zbekistondagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tgan Kengaytirilgan Ilmiy kengashning ikkinchi yig‘ilishida asosiy eʼtibor markazida bo‘ldi. Yig‘ilishda Prezident qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning 9–10 aprel kunlari Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Amir Temur shaxmatining bugungi shaxmatdan nima farqi bor?
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.