Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ming yillik karvonlar yoʻli zamonaviy muzeyda yana “harakatlanmoqda”

25.12.2025, 18:531806
Ming yillik karvonlar yoʻli zamonaviy muzeyda yana “harakatlanmoqda”

"Buyuk ipak" yoʻli

Qadimgi karvonlar izi, Buyuk Ipak yoʻli, Lojuvard yoʻli, Buyuk Shoh yoʻli, Kumush yoʻli va Buyuk Hind yoʻli, sivilizatsiyalar oʻrtasidagi aloqalar va madaniy almashuv jarayonlari, interaktiv loyihalar, eksponatlar hamda zamonaviy videoroliklar... Yaʼni qachonlardir oʻtgan karvonlar bugun Islom sivilizatsiyasi markazida yana “harakatlanmoqda”...

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga qadam qoʻygan tashrif buyuruvchi tarixni tomosha qilibgina qolmay, balki uning bevosita ishtirokchisiga aylanadi. Ayniqsa, Markaz muzeyining “Islomdan avvalgi davr” ekspozitsiyasida joylashgan Qadimgi savdo yoʻllari zali mehmonni ming yilliklar qaʼriga yetaklaydi.

“Qadimgi savdo yoʻllari” ekspozitsiyasi


Markaz ekspozitsiyasining markaziy mavzularidan biri boʻlgan “Qadimgi savdo yoʻllari” ekspozitsiyasi bugungi muzeyshunoslikning eng ilgʻor yondashuvlarini oʻzida mujassam etgan. Ekspozitsiyada Buyuk Ipak yoʻli, Lojuvard yoʻli, Buyuk Shoh yoʻli, Kumush yoʻli va Buyuk Hind yoʻli kabi tarixiy yoʻnalishlar keng qamrovda yoritilmoqda. Raqamli xaritalarda karvonlar harakati aniq yoʻnalishlar boʻylab namoyon boʻladi, ekranlarda esa savdo yoʻllari tutashgan shaharlar, bozorlar va karvonsaroylar navbatma-navbat gavdalanadi.

Zalda har bir detal bejiz tanlanmagan. Xaritalar, raqamli panellar va vizual effektlar orqali Markaziy Osiyo hududi asrlar davomida qanday qilib Sharq va Gʻarbni bogʻlab turgan muhim tugun boʻlgani ochib beriladi. 

“Oʻzbekiston paxta Vatani” installyatsiyasi


Shu maʼnoda, zalda namoyish etilayotgan “Oʻzbekiston paxta Vatani” installyatsiyasi qadimgi iqtisodiy va madaniy aloqalarning yorqin namunasi sifatida alohida eʼtiborni tortadi. Islomdan avvalgi davr ekspozitsiyasida, aynan Qadimgi savdo yoʻllari zalida joylashgan ushbu installyatsiya mamlakatimiz hududlarida paxta qadimdan yetishtirib kelinganini yaqqol namoyon etadi.

Installyatsiya haqiqiy gʻoʻzapoyalar va undagi paxta chanoqlari koʻrinishida ishlangan boʻlib, u tabiiylik va tarixiy ishonch uygʻotadi. Xorijiy mehmonlar va tadqiqotchilarda bu ekspozitsiya paxta oʻsimligining kelib chiqishi, uni qadimda yetishtirish usullari, dehqonchilik anʼanalari haqida aniq va vizual tasavvur hosil qilmoqda. Bu manzara orqali paxtaning shunchaki qishloq xoʻjaligi mahsuloti emas, balki asrlar davomida savdo, hunarmandchilik va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilgan strategik boylik boʻlgani anglashiladi.

Interaktiv panellar orqali tashrif buyuruvchi muayyan yoʻlni tanlab, u orqali tashilgan tovarlar, bir necha xalqlar oʻrtasida oʻrnatilgan aloqalar, savdo markaziga aylangan shaharlar haqida maʼlumot oladi. Bu jarayon tarixiy faktlarni quruq sanab oʻtish emas, balki vizual va aniq tajriba sifatida qabul qilish imkonini beradi.

Markaziy Osiyo sopol koʻzalari. Islomdan avvalgi davr

Ekspozitsiyaning yana bir muhim jihati — moddiy madaniyat namunalaridir. Bu yerda namoyish etilayotgan arxeologik topilmalar, numizmatik ashyolar, toʻqimachilik va hunarmandchilik buyumlari qadimgi savdo yoʻllarining real, koʻzga koʻrinadigan dalili hisoblanadi. Badaxshon lojuvardi, ipak matolar, charm buyumlar, metall va kulolchilik mahsulotlarining karvonlar orqali boshqa hududlarga tarqalish jarayoni videoroliklar va infografikalar bilan uygʻunlashtirib koʻrsatiladi.


Ayniqsa, ekspozitsiyadagi multimedia va videokontent alohida taʼsirga ega. 3D-animatsiyalar orqali qadimgi shaharlar qayta tiklangan, karvonlar yoʻlga chiqadi, bozorlarda hayot qaynaydi. Panoramali videolar esa tashrifchini goʻyo Samarqand, Marv yoki Baqtriya bozoriga olib kirgandek taʼsir qoldiradi. Bu videolar tarixni faqat koʻrsatmaydi, balki uni his qilishga undaydi.

Markazda amalga oshirilayotgan interaktiv loyihalar ekspozitsiyani yanada jonlantirdi. Maxsus ishlab chiqilgan videooʻyinlar va raqamli simulyatsiyalar orqali tashrifchi qadimgi karvon boshligʻi rolini bajaradi, savdo yoʻlini rejalashtiradi, tovar ayirboshlaydi va turli madaniyatlar bilan aloqa oʻrnatadi. Bu esa yosh avlod uchun tarixni oʻrganishning mutlaqo yangi, qiziqarli usulini yaratgan.

Qadimgi savdo yoʻllari markazda toʻqimachilik va ipakchilik tarixi bilan chambarchas namoyish etilgan. Islomdan avvalgi davrga oid toʻqimachilik anʼanalari, ipak, jun, paxta, namat, charm va zandana matolari ishlab chiqarish jarayonlari vizual ravishda koʻrsatiladi. Ekspozitsiyada toʻqimachilik uskunalarining eskizlari va rekonstruksiyalari ham oʻrin olgan.

Islom sivilizatsiyasi markazida qadimgi savdo yoʻllarining bunday keng va zamonaviy tarzda yoritilishi ularning faqat iqtisodiy ahamiyati bilangina cheklanmaganini koʻrsatadi. Balki savdo yoʻllarini ilm-fan, din, sanʼat va gʻoyalar tarqalgan madaniy muloqot maydoni sifatida talqin etadi. Aynan shu yoʻllar orqali sivilizatsiyalar oʻzaro taʼsirlashgan, boyigan va rivojlangan.

Bugun Islom sivilizatsiyasi markazi ushbu tarixiy merosni saqlash bilan birga, uni yangi avlodga zamonaviy tilda yetkazmoqda. Interaktiv texnologiyalar, eksponatlar va videoroliklar uygʻunligi bu makonni oddiy muzey emas, balki tarix bilan muloqot qiladigan tirik maydonga aylantirmoqda.

Durdona Rasulova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan koʻchirib eʼlon qilish mumkin

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar