Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Buyuk muhaddisning ilmiy safar xaritasi bilan tarixga sayohat qiling

27.12.2025, 18:161877
Buyuk muhaddisning ilmiy safar xaritasi bilan tarixga sayohat qiling

Islom ilmlari tarixida muhaddislarning ilm izlab safarga chiqishi anʼana hisoblangan. Ulamolar boshqa yurtlarga yoʻl olishdan avval, avvalo, oʻz shahridagi barcha ishonchli roviylardan hadislarni eshitib, yozib olishni burch deb bilganlar. Ana shu sharafli ilmiy anʼanaga sodiq qolgan buyuk muhaddislardan biri Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy edi.

Manbalarga koʻra, Imom Buxoriy oʻn olti yoshga yetguniga qadar Buxoroda yashab, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis tinglab, ularni yozib olgan. Shu qisqa muddat ichida u ilmda kamol topib, ishonchli roviy darajasiga yetgan. Keyinchalik esa hadis ilmini mukammal jamlash yoʻlida butun musulmon olamini kezgan ulugʻ allomaga aylandi.

825 yilda Imom Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga borib, haj ibodatini ado etadi. Hajdan soʻng onasi va akasi Buxoroga qaytadi, Imom Buxoriy esa ilmga boʻlgan cheksiz tashnalik sababli Makkada qolishni afzal koʻradi. Bu qaror uning butun umriga tatigulik ilmiy safarlarini boshlab beradi.


Imom Buxoriyning yaqin shogirdi va kotibi Abu Jaʼfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriyning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy oʻn olti yoshidayoq Imom Abdulloh ibn Muborak va Vaqiʼ ibn Jarrohning asarlarini yod olgan edi. Aynan shu dalillar uning ilk ilmiy safari hijriy 210 (milodiy 826) yilda boʻlganini koʻrsatadi.

Makka va Madina oʻsha davrda islom ilmlarining eng muhim markazlari edi. Imom Buxoriy Makkadagi barcha yetuk muhaddislarning ilmiy majlislarida qatnashib, hadislar tingladi. 212/828 yilda, oʻn sakkiz yoshida Madinaga kelib, mashhur ulamolar – Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalardan saboq oldi.


Aynan Madinada, Paygʻambar alayhissalom masjidi atrofidagi nurli kechalarda, Imom Buxoriy oʻzining mashhur “At-Tarix al-kabir” asarining dastlabki qoralamalarini yozishga kirishadi.

Tarixchilarning yakdil fikricha, Imom Buxoriy garchi uzluksiz boʻlmasa-da, jami olti yilga yaqin vaqt davomida Hijoz – Makka, Madina, Toif va Jidda shaharlarida boʻlgan. 

Hijozdan soʻng Imom Buxoriy ilmiy safarini Iroq tomon davom ettiradi. Basra, Kufa va Bagʻdod oʻsha davrda yirik ilm markazlari sanalardi. Basrada u Imom Abu Osim Nabil va Safvon ibn Iso kabi mashhur ulamolardan taʼlim oladi. Imom Buxoriyning oʻzi: “Men Basraga toʻrt marta borganman”, deya eslagan.

Kufa va Bagʻdodga esa bir necha bor safar qilgan. Abbosiylar xalifaligining poytaxti boʻlgan Bagʻdod ilm-fan markaziga aylangan edi. Bu yerda Imom Buxoriy Imom Ahmad ibn Hanbal bilan uchrashib, undan chuqur ilmiy taʼsir olgan.

Manbalarda keltirilishicha, Imom Buxoriy Bagʻdodga sakkiz marta safar qilgan. Oxirgi xayrlashuv chogʻida Imom Ahmad ibn Hanbalning: “Ilmni va ilm ahlini tark etib Xurosonga ketayapsizmi?” degan soʻzlari keyinchalik Imom Buxoriy tomonidan chuqur iztirob bilan eslangan.

Imom Buxoriy ilm izlab Shomga borib, Muhammad ibn Yusuf Firyobiy kabi ulamolardan taʼlim oldi. Misrda esa Usmon ibn Solih va Abdulloh ibn Solih singari muhaddislardan hadislar yozib oldi.


Shuningdek, Jazira mintaqasida – Harron, Ruho, Raqqa va Mavsil atrofida boʻlib, Ahmad ibn Abdulmalik Harroniy kabi zabardast roviylardan saboq oldi.


Xuroson va uning atrofidagi Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol va Vosit shaharlari Imom Buxoriy eng koʻp boʻlgan va ilm tarqatgan maskanlar hisoblanadi. Xatib Bagʻdodiy: “Imom Buxoriy Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Misrning barcha shaharlarida hadis yozgan”, deya taʼkidlaydi.

Imom Buxoriy butun umrini hadis ilmini mukammal oʻrganish, tekshirish va jamlashga bagʻishladi.

Bugun ushbu buyuk ilmiy rihlatlar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining “Birinchi Renessans davri” boʻlimida maxsus xarita orqali namoyish etilib, tashrif buyuruvchilarni Imom Buxoriyning ilm yoʻlidagi buyuk safarlari bilan tanishtirmoqda.

Shahnoza Rahmonova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan koʻchirib eʼlon qilish mumkin

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar