Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”da 550 yillik tarixning muhim lahzalari muhrlangan

30.12.2025, 14:361623
“Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”da 550 yillik tarixning muhim lahzalari muhrlangan

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Ikkinchi Renessans davri”ga oid “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”da sohibqiron Amir Temurdan Boburiylargacha boʻlgan 550 yillik tarixni miniatyuralar va vizual obrazlar orqali koʻz oldingizda jonlantiradi.


Bu qism Amir Temurning hokimiyat tepasiga chiqishidan tortib, oʻzbek xonliklarining shakllanishigacha boʻlgan davrni qamrab oladi va tarixiy shaxslar, arxitektura, ilm-fan va badiiy asarlar orqali voqealarni jonli sahnaga aylantiradi.

Rustam Jabborov, Markaz ilmiy kotibi:

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining “Ikkinchi Renessans davri” ekspozitsiyasi “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”da miniatyura sanʼatiga alohida oʻrin berilgan. Bu boʻlimda Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Muhammad Murod Samarqandiy singari koʻplab rassomlarning ijodiy ishlaridan namunalar berilgan. Shu bilan birgalikda zamonaviy rassomlarning ham tasviriy sanʼat namunalariga alohida oʻrin ajratilgan. Ushbu miniatyuralar orqali “Ikkinchi Renessans davri” muhiti, taʼlim tizimi, ijtimoiy hayot, madaniy yuksakliklar haqida muayyan tasavvur olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ushbu miniatyura namunalari aynan Amir Temur, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxonylar va boshqa sulolalar davrida sanʼat va madaniyat qay darajada taraqqiy etganini yaqqol koʻrsatib beradi.

Amir Temur: Movarounnahrning ilhom beruvchisi

Muzeyning “Ikkinchi Renessans davri” boʻlimi “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”ning asosiy shaxsi sohibqiron Amir Temurdir. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sidagi miniatyuralar orqali Samarqandning yorqin manzaralari, Bibixonim masjidi qurilishi va Temuriy imoratlari nafaqat tasvirlanadi, balki tarixiy voqealarni his qilish imkonini beradi. Bu tasviriy sanʼat asarlari orqali tomoshabin Amir Temurning maʼrifatparvar hukmdor sifatidagi shaxsiy va siyosiy qiyofasini koʻz oldiga keltirishi mumkin.


Amir Temurning davrida Movarounnahrda faoliyat koʻrsatgan meʼmor, arxitektor va badiiy ijodkorlar orqali shahar va masjidlar nafaqat qurilgan, balki madaniy uygʻonishning asosiy markazlariga aylangani barchaga aniq va vizual ravishda namoyon etiladi.

Ulugʻbek Mirzo va jahon ilm-fani


Ekspozitsiyaning yana bir markaziy qismida Ulugʻbek Mirzoning jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasiga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Temuriylar sulolasining eng maʼrifatparvar hukmdorlaridan biri boʻlgan Ulugʻbek Mirzoning davri juda koʻplab kashfiyotlarga boy boʻlgan, uning kutubxonasi va tajribasini Ali Qushchi Istanbulga Usmoniylar saroyiga olib kelgan. 1638 yilda Istanbulga ingliz olimi Jon Greyvs oʻzi bilan Ziji Koʻragoniy asarini Oksfordga olib ketadi va uni tarjima qiladi. Buyuk Britaniyada Bodlean kutubxonasida Ziji Koʻragoniyning qaydlari kiritilgan nusxasi, Oksford ilm-fan tarixi muzeyida Ulugʻbek davri usturlobi saqlanadi. 

Katta ehtimol bilan 1671 yilda Londonda bunyod etilgan Grinvich aynan shu qoʻlyozma asosida bunyod etilgan. Bugun Grinvich soati dunyo vaqtini belgilaydi. 

Ulugʻbekning shaxsiy nefrit kosasi va miniatyuralari, shuningdek Nizomiy “Xamsa”si va As-Sufiyning “Kitabi sivaril-kavakib as-sabita” kitobidan olingan tasvirlar uning shaxsiy va ilmiy qiyofasini yanada jonli koʻrsatadi. Bu miniatyuralar tomoshabinga tarixiy shaxsni nafaqat fakt sifatida, balki voqea markazida turgan inson sifatida his qilish imkonini beradi.

Alisher Navoiy gʻoyibona ustozlari bilan suhbatda

Husayn Boyqaro va Hirot madaniy muhiti


Temuriylar Renessansida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning hissasi ham alohida urgʻu bilan berilgan. Hirot manzaralari, Kamoliddin Behzodning miniatyuralari, Navoiy va Jomiyning shaxsiy portretlari orqali shu davrdagi madaniy hayot nafaqat koʻrsatiladi, balki tomoshabinda jonli sahna yaratiladi. Husayn Boyqaro ilm va madaniy homiy sifatidagi qiyofasi bilan shu tarixiy sahnaga kiritilgan, har bir miniatyura va barelef unga shijoat va hayot hissini bagʻishlaydi.

Bobur va Boburiylar merosi


Ekspozitsiyaning yana bir muhim qismi – Bobur va Boburiylar merosi. Markaz tomonidan nashr qilingan Bobur kulliyotining 6 jildi, Bobur alifbosidagi Qurʼoni karim qoʻlyozmasi va tarixiy miniatyuralar orqali ekspozitsiya Boburning shaxsiy hayoti va avlodlari bilan bogʻliq tarixini vizual ravishda taqdim etadi. Amir Temur va uning avlodlari bilan bogʻliq miniatyuralar shu qadar real va jonli boʻlib, tarixiy voqealar haqiqiy sahnada boʻlib turganday his qilinadi.

Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri


Temuriylardan keyingi davr – Shayboniylar va Ashtarxoniylar vaqtidagi ilm-fan, taʼlim va madaniy hayot ham ekspozitsiyada oʻz oʻrnini topgan. Bu qism orqali Markaziy Osiyoning XV-XVI asrlardagi siyosiy, ilmiy va madaniy rivojlanishini taqdim qilinadi.

Vizual va maʼnaviy taʼsir


Ekspozitsiyaning eng muhim afzalligi shundaki, u nafaqat tarixiy faktlarni koʻrsatadi, balki miniatyuralar orqali tarixiy shaxslarni va voqealarni hayotdagi sahna kabi jonlantiradi. Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Navoiy va Bobur har biri nafaqat shaxs sifatida, balki tarixiy jarayonning jonli guvohi sifatida namoyon qilinadi.

“Ikkinchi Renessans davri” miniatyuralar kompozitsiyasi – bu tarixning jonlangan namoyishi. Bu jonli sahna orqali tomoshabin nafaqat tarixiy bilimga ega boʻladi, balki Temuriy renessans ruhi va Oʻzbekistonning boy madaniy merosini his qilib, taʼlimiy va maʼrifiy taassurotga ega boʻladi.

Durdona Rasulova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan koʻchirib eʼlon qilish mumkin

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar