Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yangi Oʻzbekiston qanday qurilmoqda?

30.12.2025, 22:231466
Yangi Oʻzbekiston qanday qurilmoqda?

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston iqtisodiy ochiqlik, ijtimoiy adolat va texnologik taraqqiyot yoʻliga qatʼiy qadam qoʻydi. Valyuta erkinlashtirildi, soliqlar kamaydi, “yashil” energetika rivojlandi, kambagʻallik ikki barobarga qisqardi... Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasida ana shu tarixiy oʻzgarishlarga oid qarorlar va raqamlar real natijalar va interaktiv yechimlar orqali namoyon etadi. Bu ekspozitsiyada mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik oʻzgarishlarini yagona konsepsiyada koʻrsatilgan.

Mamlakatimiz taraqqiyotining soʻnggi sakkiz yillik bosqichi, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar va yangicha iqtisodiy dunyoqarashlarga keng yoʻl ochdi. Yaʼni bu davr Oʻzbekiston tarixida bozor iqtisodiyotiga chuqur integratsiya, ochiqlik va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan tub islohotlar davri boʻldi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” boʻlim ekspozitsiyasida buni yaqqol aniq fakt va dalillar bilan koʻrish mumkin. 

Valyuta va moliya tizimida tarixiy burilish


2017 yilda Oʻzbekistonda valyuta bozori toʻliq erkinlashtirildi. Natijada aholi va tadbirkorlar ilk bor banklar orqali cheklovsiz valyuta oldi-sotdisi imkoniyatiga ega boʻldi. Bu qaror iqtisodiy erkinlikni taʼminlabgina qolmay, xorijiy investitsiyalar oqimini sezilarli darajada oshirdi.


Soliq tizimi ham tubdan isloh qilindi: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 22,5 foizdan 12 foizga, ijtimoiy soliq 25 foizdan 12 foizga, qoʻshilgan qiymat soligʻi esa 20 foizdan 12 foizga tushirildi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga qisqartirildi. Bu oʻzgarishlar biznes muhitini yengillashtirib, tadbirkorlikni ragʻbatlantirdi.

Byudjet shaffofligi va jamoatchilik ishtiroki


Soʻnggi yillarda byudjet tizimida ochiqlik va hisobdorlik mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Mahalliy byudjetlarning 10–30 foizi jamoatchilik ishtirokida taqsimlanmoqda. Mol-mulk va yer soligʻi tushumlarining toʻliq mahalliy byudjetlar ixtiyorida qolishi hududlarning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirdi.


“Fuqarolar uchun byudjet” nashri hamda openbudget.uz portali orqali fuqarolar oʻz soliqlari qayerga va qanday maqsadlarda sarflanayotganini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega boʻldi.

Tashqi savdo va investitsiyalar: ochiq iqtisodiyot sari


Tashqi savdoning erkinlashtirilishi Oʻzbekistonni mintaqadagi eng jozibador iqtisodiy maydonlardan biriga aylantirdi. 2017–2024 yillarda eksport hajmi 2,2 barobar, tashqi savdo aylanmasi esa 2,7 barobar oshdi. Tovarlarning 60 foizi boʻyicha boj stavkalari «nol» darajaga tushirildi.


80 dan ortiq davlat bilan investitsiya shartnomalari imzolandi. Mamlakat boʻylab 743 ta sanoat zonasi, jumladan 39 ta maxsus iqtisodiy zona, 503 ta kichik sanoat zonasi va 201 ta yoshlar sanoat hamda tadbirkorlik zonalari tashkil etildi.

Ijtimoiy himoya va kambagʻallikka qarshi tizimli yondashuv


Oʻzbekistonda ilk bor milliy kambagʻallik chegarasi joriy etildi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” kabi mexanizmlar orqali 1,5 milliondan ortiq ehtiyojmand aholi qatlamlari manzilli qoʻllab-quvvatlandi.


Natijada 2021 yilda 17 foizni tashkil etgan kambagʻallik darajasi 2024 yilga kelib 8,9 foizga tushdi. Bu raqamlar ijtimoiy siyosatning amaliy samaradorligini yaqqol koʻrsatadi.


Qishloq xoʻjaligi va paxta islohotlari


Avvalgi yillarda davlat buyurtmasi va majburiy shartnomalar bilan cheklangan qishloq xoʻjaligi sohasida bozor mexanizmlari joriy etildi. 2021 yildan boshlab yerlar fermerlarga elektron auksion orqali ijaraga berila boshlandi, davlat buyurtmasi bekor qilindi.


2017–2024 yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti 1,7 barobar oshdi. 2024 yilda Oʻzbekiston sabzavot va mevalarini import qiluvchi davlatlar soni 73 taga yetdi.


Energetika va «yashil» iqtisodiyot


Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Quyosh panellari oʻrnatgan xonadonlar uchun subsidiya va kompensatsiyalar joriy etildi, «yashil» energetika obʼektlari yer va mol-mulk soligʻidan ozod qilindi.

Bugungi kunda mamlakatning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4 119 megavatt boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyalari faoliyat yuritmoqda. 2025 yilning birinchi yarmida «yashil» manbalardan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi jami generatsiyaning 20,3 foizini tashkil etdi.

Uy-joy qurilishi va urbanizatsiya


Urbanizatsiya ilk bor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. 2017–2024 yillarda 35 million kvadrat metr uy-joy qurilib, 500 mingdan ortiq oila yangi xonadonga ega boʻldi. Ipoteka kreditlari uchun 67,7 trillion soʻm ajratildi.

57 ta “Yangi Oʻzbekiston” uy-joy massivlari barpo etilib, ular zamonaviy infratuzilma, ijtimoiy obʼektlar va yashil hududlar bilan taʼminlandi. Urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetdi.

Transport va shaharsozlikda yangi qiyofa


Toshkentda uzunligi 30,22 km boʻlgan yer usti halqa metro liniyasi ishga tushirildi. Tezyurar “Talgo-250” poyezdlari tufayli Toshkent–Qarshi va Toshkent–Buxoro yoʻnalishlarida qatnov vaqti deyarli ikki barobar qisqardi.


Ekspozitsiyada namoyish etilgan “Toshkent City” majmuasi poytaxtning zamonaviy qiyofasi, investitsiyaviy ochiqlik va urbanistik rivojlanish ramzi sifatida aks etadi. 


Milliy va zamonaviy arxitektura uygʻunligida barpo etilgan ushbu majmua Oʻzbekistonning investitsiyaviy ochiqligi va iqtisodiy salohiyatini ifodalaydi. 


Shuningdek, BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan elektromobil zavodi maketi  mamlakat sanoatining yangi, ekologik toza bosqichga oʻtayotganini koʻrsatadi.

Respublika masʼul vazirilik va tashkilotlar tomonidan hamjihatlikda jamlangan maʼlumotlar, tahlillar asosida shakllangan “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” boʻlimida ushbu islohotlar interaktiv va qiziqarli tarzda namoyish etilgan. Ekspozitsiya mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik taraqqiyotini yagona konsepsiyada mujassam etadi. Bu nafaqat bugungi kun yutuqlari, balki Oʻzbekistonning kelajakdagi barqaror rivojlanish yoʻlini belgilab beruvchi tarixiy bosqichdir.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar