Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Markaziy Osiyo davlatchiligining ilk tajribasi haqida asl haqiqatlar

30.12.2025, 22:541710
Markaziy Osiyo davlatchiligining ilk tajribasi haqida asl haqiqatlar

Qadimgi Xorazm nafaqat oʻtmish, balki butun Markaziy Osiyo davlatchilik anʼanalarining manbaidir. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyasida arxeologik topilmalar va yozma manbalar orqali ushbu sivilizatsiyaning shaharsozlik, boshqaruv va maʼnaviy taraqqiyot yoʻli ilmiy asosda taqdim etildi.

Markaziy Osiyoda davlatchilik anʼanalari shakllanishi jarayonlarini anglashda Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi alohida ahamiyatga ega. Arxeologik va yozma manbalar ushbu hududda jamiyatning iqtisodiy, maʼmuriy va madaniy hayoti juda erta davrlardayoq tizimli tarzda rivojlanganini koʻrsatadi. Miloddan avvalgi I mingyillikka kelib Xorazm vohasida oʻtroq hayot tarzi, sugʻorma dehqonchilik va shahar madaniyati qaror topgan.

Bu tarixiy jarayonlar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Islomdan avvalgi davr” boʻlimida tashkil etilgan “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi” ekspozitsiyasida ilmiy asosda va yaxlit manzara sifatida yoritilgan. Ekspozitsiya islomdan oldingi davrga oid Xorazm, Sugʻd va Baqtriya hududlarida kechgan tarixiy taraqqiyotni qamrab olgan holda, mintaqada shakllangan ilk sivilizatsiyaviy muhitni ochib beradi.

Ekspozitsiyada namoyish etilgan arxeologik ashyolar orqali qadimgi jamiyatning kundalik hayoti, ishlab chiqarish usullari, hunarmandchilik va savdo munosabatlarini tasavvur qilish mumkin. Bu yerdagi materiallar tasodifiy rivojlanish emas, balki uzoq davom etgan ijtimoiy tajriba va muhit taʼsirida shakllangan taraqqiyot natijasi ekanini koʻrsatadi.

Xorazm vohasining tabiiy-geografik sharoiti ham sivilizatsiyada muhim oʻrin tutgan. Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi unumdor yerlar inson faoliyati uchun qulay imkoniyat yaratib, dehqonchilik, aholi manzillari va hunarmandchilik markazlarining shakllanishiga zamin boʻlgan.

Ekspozitsiyada alohida oʻrin egallagan yodgorliklardan biri — Qoʻyqirilganqalʼadir. XX asrning 1930 yillarida aniqlangan ushbu yodgorlik oʻzining meʼmoriy yechimi bilan boshqa qalʼalardan ajralib turadi. Qalʼa nafaqat mudofaa inshooti, balki qadimgi aholining olamni anglash tarzi, astronomik kuzatuvlar va dunyoqarashini ifodalovchi ilmiy-maʼnaviy markaz sifatida ham ahamiyatga ega.

Shuningdek, ekspozitsiyada Tuproqqalʼaning maketi ham namoyish etilgan. U Qadimgi Xorazm davlatining muhim maʼmuriy markazlaridan biri boʻlgan. Aynan shu yodgorlikdan topilgan yozma hujjatlar orqali davlat boshqaruvi, hisob-kitob tizimi va maʼmuriy amaliyot haqida aniq ilmiy xulosalar chiqarish mumkin.

Ekspozitsiyaning muhim jihatlaridan yana biri — yozuv madaniyatiga oid materiallardir. Ilmiy tadqiqotlar Xorazm hududida oromiy yozuv anʼanalari asosida shakllangan mahalliy yozuv tizimi miloddan avvalgi davrlardayoq mavjud boʻlganini koʻrsatadi. Bu holat Xorazmni mintaqadagi ilk alifboviy madaniyat markazlaridan biri sifatida baholash imkonini beradi.

Mirsodiq Ishoqov, tarix fanlari doktori, professor:

“Qadimgi Xorazmda shakllangan iqtisodiy va maʼmuriy tizimlar davlatchilikning barvaqt qaror topganini koʻrsatadi. Qoʻyqirilganqalʼa va Tuproqqalʼa kabi yodgorliklar bu hududda shaharsozlik, harbiy meʼmorchilik va boshqaruv tafakkuri bir butun holda rivojlanganini tasdiqlaydi.”

Ekspozitsiyada islomgacha boʻlgan davrga oid tangalar, zargarlik buyumlari, marjonlar hamda turli mineral toshlardan tayyorlangan ashyolar ham oʻrin olgan. Ushbu eksponatlar qadimgi jamiyatning estetik didi, moddiy madaniyati va ijtimoiy tabaqalanish darajasini yaqqol aks ettiradi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu ekspozitsiya orqali Qadimgi Xorazmning nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahon sivilizatsiyasi tarixida tutgan oʻrni ham yaqqol namoyon boʻladi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar