Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Bu yer — Oʻzbekistonning maʼnaviy yuragi” — chechenistonlik martabali mehmon taassuroti

09.01.2026, 20:031496
“Bu yer — Oʻzbekistonning maʼnaviy yuragi” — chechenistonlik martabali mehmon taassuroti

Possiya Federatsiyasi Checheniston Respublikasidan kelgan yuqori martabali mehmonlar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, turli tarixiy davrlarni qamrab olgan boʻlimlar, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan koʻrgazmalar hamda boy ilmiy-maʼnaviy merosni oʻzida mujassam etgan noyob makon bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.

Ayniqsa, mehmonlarda Ikkinchi Renessans boʻlimi katta qiziqish uygʻotdi. Temuriylar davriga bagʻishlangan ekspozitsiya ularda chuqur taassurot qoldirdi. Ushbu boʻlimda Markaziy Osiyoda ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvi yuksak taraqqiyot bosqichiga koʻtarilgan tarixiy davr zamonaviy va taʼsirchan uslubda namoyish etilgan.

Mehmonlar avval Turkiya va Misrdagi yirik muzeylarda boʻlganlarini qayd etib, har bir mamlakat oʻz tarixiy va madaniy maktabiga ega ekanini taʼkidladilar. Shu bilan birga, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mazmun, taqdimot uslubi va zamonaviy yondashuv jihatidan mutlaqo betakror ekanini alohida eʼtirof etdilar.

Rustam Jabrailov — Ramzan Qodirovning Orenburg viloyatidagi vakili — oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, shunday dedi:

Taassurotlarimni soʻz bilan ifodalash qiyin. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida boʻlganman, ammo qisqa vaqt ichida qadimgi davrlardan to bugungi kungacha boʻlgan tarix shu qadar ravon, tushunarli va taʼsirli tarzda namoyish etilganini ilk bor koʻryapman. Islom sivilizatsiyasi markazi, mening nazarimda, dunyoda yagona. Ayniqsa, Qurʼon zali unutilmas taassurot qoldirdi — bu haqiqatan ham betakror maskan. Bu yerga kelishdan oldin Oʻzbekistonni boshqacha tasavvur qilgandim, ammo yoʻllar, infratuzilma, odamlar va umumiy muhit meni hayratga soldi. Islom sivilizatsiyasi markazi esa Oʻzbekistonning haqiqiy maʼnaviy yuragiga aylanadi, deb hisoblayman.”

Tashrif yakunida mehmonlar Prezident Shavkat Mirziyoyevga Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirib, ushbu majmuani noyob, goʻzal va strategik ahamiyatga ega loyiha sifatida baholadilar.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar