Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Astronomiya tarixidagi nodir eksponat qayerda?

10.01.2026, 20:191537
Astronomiya tarixidagi nodir eksponat   qayerda?

Abu Rayhon Beruniy oʻz davri uchun jahon ilm-fanida mislsiz kashfiyot yaratgan buyuk mutafakkirlardan biri. Uning ilmiy merosi nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega. Ayniqsa, olimning “At-Tafhim” asarida keltirilgan astronomik chizmalar va ilmiy xulosalar oʻz davri uchun mislsiz yangilik boʻlgan. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida astronomiya tarixidagi ana shu nodir eksponatni koʻrish mumkin. 

Asarda Oy fazalari, uning Yer atrofidagi harakati hamda Quyoshga nisbatan joylashuvi geometrik aniqlik bilan tasvirlangan. Beruniy osmon jismlarining oʻzaro bogʻliq harakatini ilmiy asosda tushuntirib, fazalar qanday hosil boʻlishini sodda va aniq tarzda izohlab beradi. Uning chizmalari nazariy bilim bilan amaliy kuzatuv uygʻunligining yorqin namunasidir.

Beruniyning Oy fazalari chizmasi

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Beruniy Oy tutilish hodisasini shaxsan uch marta kuzatgan. Ilk ikki kuzatuv 1003 yil 20 fevral va 15 avgust kunlari Jurjonda (Xuroson hududi), uchinchi kuzatuv esa Gurganch shahrida amalga oshirilgan. Bu aniq sanalar olimning yuqori kuzatuvchanligi va u faqat nazariya bilan cheklanib qolmaganini yaqqol koʻrsatadi.

Beruniy tutilish hodisalarining mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Oyning tutilishi Yer soyasidadir, Quyosh tutilishi esa uning Oy tomonidan toʻsilishidandir.”  Ushbu taʼriflar orqali olim tutilishlarning fizik sabablarini ilmiy asosda yoritib beradi. Shuningdek, Oy tutilishining sharq tomondan boshlanishi, Quyosh tutilishida esa Oyning gʻarb tomondan kelib, uni sekinlik bilan toʻsib borishi haqidagi kuzatuvlari ham alohida ahamiyatga ega. U turli shaharlarda tutilish darajasi nima uchun farq qilishini geografik va fizik omillar bilan izohlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Botirjon Abdullayevning taʼkidlashicha, Beruniyning bu qarashlari oʻz davri uchun nihoyatda ilgʻor boʻlgan.

Beruniy osmon hodisalarini kuzatishda yuqori aniqlikka erishgan. Uning astronomiyaga oid fikrlari bugungi zamonaviy ilm-fan bilan toʻla uygʻun keladi. Beruniy tomonidan koʻtarilgan koʻplab masalalar hozir ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan,  – deydi Botirjon Abdullayev.

Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasi “Kashfiyotlar devori”

Bugungi kunda Beruniyning “At-Tafhim” asarida keltirilgan mazkur chizmalar va manbalar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarida namoyish etilmoqda. Birinchi Renessans davriga bagʻishlangan boʻlimdan oʻrin olgan ushbu nodir eksponatlar nafaqat ilmiy, balki madaniy va maʼrifiy ahamiyatga ham ega. Ular buyuk ajdodlarimizning ilmiy salohiyatini yorqin namoyon etib, yosh avlod uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qilmoqda.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14824
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12218
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9946
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7977
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar