Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Xorazmshohlar qarorgohi qanday boʻlgan?

10.01.2026, 22:311634
Xorazmshohlar qarorgohi qanday boʻlgan?

17 gektarlik qalʼa va hukmdorlar hayoti... Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi” ekspozitsiyasida ilmiy asosda namoyish etilgan eksponat nimadan dalolat beradi?

Oʻzbekiston hududida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumanida joylashgan, milodiy I–III asrlarda Xorazmshohlar qarorgohi boʻlgan Tuproqqalʼa qadimgi Xorazm madaniyatining markaziy yodgorliklaridan biri. 

Qalʼa maydoni 17 gektarga teng va toʻgʻri toʻrtburchak shaklida (500×350 m) joylashgan. Tuproqqalʼa baland paxsa devorlar va mudofaa tizimi bilan mustahkamlangan. Ichkarida hukmdor saroyi, ibodatxona, marosim zallari, maʼmuriy binolar, omborlar, ustaxonalar va turarjoylar mavjud.

Devordagi rangtasvirlar va haykalchalar oʻsha davr sanʼati, diniy eʼtiqodlar va hukmdorlarning hayoti haqida qimmatli maʼlumot beradi.

Mirsodiq Ishoqov, tarix fanlari doktori, professor:

Bugungi kunda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilgan “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi” ekspozitsiyasida ilmiy asosda maketi namoyish etilgan Tuproqqalʼa Xorazm hayotida muhim oʻrin tutgan maʼmuriy markazlardan biri hisoblanadi. Aynan shu yodgorlikdan topilgan yozma hujjatlar orqali oʻsha davr davlat ishlari, hisob-kitob va boshqaruv amaliyoti haqida aniq tasavvur hosil qilish mumkin.

Bugungi kunda Tuproqqalʼa ochiq osmon ostidagi muzey sifatida saqlanib, Ellikqalʼa yodgorliklar majmuasi tarkibiga kiradi va qadimgi Xorazm madaniyati markazlaridan biri sifatida nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo tarixida muhim ahamiyatga ega.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14824
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12218
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9946
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7977
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar