Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

AQShning Mustaqil tadqiqot markazi vakili Islom sivilizatsiyasi markazini “dunyoda yagona tajriba” deb baholadi

13.01.2026, 11:381466
AQShning Mustaqil tadqiqot markazi vakili Islom sivilizatsiyasi markazini “dunyoda yagona tajriba” deb baholadi


AQShning FamilySearch mustaqil tadqiqot markazining Yevropa boʻyicha strategik biznes-menedjeri Tomas Xengst Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalari parchalangan holda emas, balki mintaqa taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olgan yaxlit tarixiy hikoya sifatida tashkil etilganni yuqori baholadi.


Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro hamjamiyatni  eʼtiborini tobora koʻproq jalb etib, turli madaniyatlar va davrlar oʻrtasidagi muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Yaqinda Markazga AQShning FamilySearch tashkilotining Yevropa boʻyicha strategik biznes-menedjeri Tomas Xengst boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Ushbu tashrif muhim voqea boʻlib, Oʻzbekistonning boy tarixiy merosiga xorijiy mutaxassislar qiziqishi naqadar yuqori ekanini yaqqol namoyon etdi.

Markazga kirib kelgan dastlabki daqiqalardanoq Tomas Xengst loyiha koʻlami, meʼmoriy yechim va tarixiy materiallarni taqdim etishdagi zamonaviy yondashuvdan chin dildan hayratda qolganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, ekspozitsiya parchalangan holda emas, balki mintaqa taraqqiyotining barcha bosqichlarini - islomdan oldingi davrdan tortib bugungi kungacha - qamrab olgan yaxlit tarixiy hikoya sifatida tashkil etilgan. Bunday keng qamrovli yondashuvni u ilgari dunyoning boshqa biror joyida uchratmaganini qayd etdi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan chinakamga noyob tashabbus. Men dizayn, texnologik imkoniyatlar va tarixning bu yerda qanday taqdim etilganidan mutlaqo hayratdaman. Meni eng koʻp hayratlantirgani - tarixning barcha jihatlari bilan har tomonlama yoritilgani boʻldi. Bunday yondashuvni men dunyoning hech bir joyida koʻrmaganman, – deydi Tomas Xengst.


Tomas Xengst koʻplab mamlakatlarda oʻtmish va bugun bir-biridan ajralib qolganini, bundan natijada odamlar tarixiy davomiylik hissini yoʻqotishini taʼkidladi. Islom sivilizatsiyasi markazida esa, aksincha, davrlar orasida tabiiy va mazmunli uygʻunlik yaratilgan.

Delegatsiya vakili Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi bilan barpo etilgan Markaz ahamiyatini baholar ekan, uning muhim taʼlimiy vazifasini alohida taʼkidladi. Uning fikricha, Markaz nafaqat yosh avlod, balki butun jamiyat hamda mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar uchun ham kuchli maʼrifiy manba hisoblanadi.

Tashrif yakunlanishida Tomas Xengst amalga oshirilgan ishlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va Islom sivilizatsiyasi markazi tarixga boʻlgan hurmatni zamonaviy tafakkur va texnologiyalar bilan uygʻunlashtirgan holda oʻtmish va kelajak orasida mustahkam koʻprik yaratib bergan yarqin namuna ekanini alohida qayd etdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar