Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ozarbayjon Milliy tarix muzeyida Buxoro Amirining qimmatbaho sovgʻalari saqlanadi

17.04.2025, 12:13935
Ozarbayjon Milliy tarix muzeyida Buxoro Amirining qimmatbaho sovgʻalari saqlanadi

Ozarbayjon Milliy tarix muzeyida Buxoro Amiri tomonidan oʻz davrining obroʻli va taniqli neft magnati Zaynulobiddin Tagʻiyevga sovgʻa qilingan taqinchoqlar va  qimmatbaho buyumlar saqlanadi. Buxorolik zargarlar yasagan ushbu nodir sovgʻalarning nusxalari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidan oʻrin olishi koʻzda tutilgan. 


Zaynulobiddin Tagʻiyevning qizi Leyla xonimning unashtiruv marosimiga Amir Olimxon 10 ta hashamdor  uy-roʻzgʻor buyumlarini hadya qilgan. Tagʻiyev ham Amirga qimmatbaho hadyalar qilib turgan. Manbalarda qayd etilishicha, Amir Olimxonga Baku boʻylab sayr qilib yurganida shovqinsiz aravalar unga yoqib qoladi. Tagʻiyev bunga javoban Amirga yoʻrgʻa, arava va otlarga qoʻshib izvoshchigacha hadya qilib yuboradi. Amir uni doʻstligining ramzi sifatida “Aziz Buxoro yulduzi” ordeni bilan taqdirlagan. Ushbu orden ham muzeyda saqlanadi. Muzeyda ikki doʻstning 1896 yilda Bakuda olingan suratlari ham bor. 


Amir Olimxon Hoji Zeynalabdin Tagʻiyev bilan xalqaro doirada hamkorlik ishlarini ham yaxshi yoʻlga qoʻygan edi. 1908 yilda Rossiya imperiyasining Peterburg shahrida musulmonlar uchun masjid qurish loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihani Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon qoʻllab-quvatlaydi. Chunki oʻsha davrda Sankt-Peterburgda asosan tijorat ishlari bilan vaqtincha va doimiy yashab yurgan musulmonlar koʻpchilikni tashkil etgan. Ammo Abdulahadxon vafot etib masjid qurilishi oʻgʻli Amir Olimxon va uning doʻsti Zaynulobiddin Tagʻiyev zimmasiga qoladi. Ikki doʻst tomonidan masjid qurilishi oʻz nihoyasiga yetadi. Hozirda ham masjid Sankt-Peterburg  koʻrkiga koʻrk qoʻshib, musulmonlarga xizmat qilmoqda.    


Ozarbayjon Milliy muzeyida 300 ga yaqin Oʻzbekiston madaniyati va tarixiga doir eksponatlar bor. Amir tomonidan hadya etilgan yuqorida qayd etilgan hadyalar muzeyning qimmatli va durdona eksponati hisoblanadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar