Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Xalqaro kimyo olimpiadasi delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

15.01.2026, 09:531412
Xalqaro kimyo olimpiadasi delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Xalqaro kimyo olimpiadasi Boshqaruv hamda ilmiy qoʻmitalari delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, Oʻzbekiston tarixining islomdan avvalgi davridan Yangi Renessansgacha boʻlgan yoʻlini zamonaviy interaktiv ekspozitsiyalar orqali kashf etdi.

Delegatsiya aʼzolari ekspozitsiyaning keng koʻlami va mukammal yaratilganidan hayratda qoldi. Markazning «Shon-Sharaf» zalidagi keng ravoqlar orqali ular tarixiy meros va zamonaviy interaktiv texnologiyalarning uygʻunligini kuzatib, Oʻzbekiston madaniyatining islomdan avvalgi davridan hozirgi kungacha boʻlgan rivojlanishini aniq his qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Mehmonlar Markaz ekspozitsiyasida tarix va zamonaviy texnologiyalar uygʻunlashganini alohida taʼkidlashdi.

Bu yerda VII asrdan XI-XII asrlargacha boʻlgan davrlarga oid noyob eksponatlar namoyish etilgan boʻlib, ular zamonaviy interaktiv yechimlar bilan boyitilgan. Ayniqsa, buyuk tarixiy shaxslar obrazlarining goʻyo bugungi kun bilan hamnafas tarzda taqdim etilishi delegatsiya aʼzolarida kuchli taassurot uygʻotdi. Interaktiv eksponatlar orqali Oʻzbekiston tarixidagi ayrim shaxslar bilan goʻyoki muloqot qilish, tarixiy jarayonlarni alohida insonlarning hayotiy hikoyalari orqali yanada chuqurroq anglash imkoniyati mavjudligi eʼtirof etildi. 

Jon Leon Kiappes, Xalqaro Kimyo olimpiadasining boshqaruv qoʻmita raisi, London Universitet kolleji professori:

Oʻzbekistonning uzoq tarixini, islom madaniyati kirib kelishidan avvalgi turli madaniyatlarni, keyinchalik yuz bergan Renessans davrlarini, ayniqsa Yangi Renessansni koʻrish juda qiziqarli boʻldi. Mamlakatning bugungi kuni va kelajagini ham aks ettirgan bu ekspozitsiya orqali madaniyat qanday rivojlanib, zamonlar davomida qanday oʻzgarib borganini kuzatish juda goʻzal taassurot qoldirdi. Oʻzbekistondan tashqaridan kelgan inson sifatida bir joyda madaniyatga oid shuncha boy merosni koʻrish, uni bir vaqtning oʻzida his etish imkoniyati juda qadrli. 

Aleksandr Gladilin, M.B.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori:

Men bunday katta maskanni hech qachon tasavvur ham qilmagan edim. Tarixiy jihatdan ancha boy, mazmunan juda chuqur va nihoyatda qiziqarli. Bu tashabbusni juda yuksak baholayman. Bunday markazlar ayniqsa yoshlar uchun nihoyatda muhim. Chunki ular oʻz mamlakati va bu zaminning haqiqiy tarixini bilishi kerak. Faqat shundagina ular Oʻzbekistonda tugʻilib, yashayotganidan, shu yerda faoliyat yuritayotganidan naqadar baxtli ekanini anglaydi va mamlakatning porloq kelajagi uchun xizmat qiladi.

Jihan Nan, Garvard universitetni tadqiqotchisi:

Sayohat yakunida Qurʼoni karimning noyob nusxasi saqlanadigan xonaga kirganimizda pushti marmar bilan bezatilgan muhit yanada hayratlantirdi. Bular Oʻzbekiston uchun juda noyob va betakror madaniy meros namunalaridir. Men bunday eksponatlarni boshqa mamlakatlardagi muzeylarda koʻrmaganman. Bu Oʻzbekiston uchun mamlakatning nihoyatda chuqur va uzoq tarixini, boy madaniyatini namoyish etish nuqtai nazaridan juda muhim va ajoyib tashabbus. Bu tashrif men uchun juda katta bilim berdi. Ekspozitsiyalar orqali Oʻzbekiston tarixi, madaniyatining rivoji va bu yerdagi xalq haqida juda koʻp yangi maʼlumotlarga ega boʻldim. Bu tajriba men uchun nihoyatda qimmatli boʻldi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar