Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Pahlavon Mahmud merosini oʻrganish ishlari kengaytirilmoqda

15.01.2026, 18:411602
Pahlavon Mahmud merosini oʻrganish ishlari kengaytirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Pahlavon Mahmudning ilmiy va maʼnaviy merosini izlab topish, unga tegishli qoʻlyozmalarni Vatanga qaytarish, tadqiq etish va nashr qilish boʻyicha mamlakatimizda qator muhim madaniy-maʼrifiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur tashabbuslar ijrosi doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mutaxassislar, olimlar va markaz vakillari ishtirokida Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiga bagʻishlangan muhokama oʻtkazildi. Unda Prezident topshiriqlariga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar, qoʻlga kiritilgan ilmiy manbalar hamda kelgusidagi vazifalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Muhokamada Pahlavon Mahmud ruboiylarini tiklash, unga tegishli qoʻlyozmalarni izlab topish va merosini keng targʻib etish borasida Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan olib borilgan amaliy ishlarga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, AQShdan Pahlavon Mahmudning XIX asr oxirlarida koʻchirilgan ruboiylar qoʻlyozmasi olib kelingani, shuningdek, Eronning Mashhad shahrida saqlanayotgan mutafakkirga mansub “Kanzul-haqoyiq” asarining elektron nusxasi qoʻlga kiritilgani qayd etildi.

Mutaxassislar tomonidan Pahlavon Mahmudning hali jamoatchilikka maʼlum boʻlmagan asarlarini aniqlash, ularni ilmiy tahlil qilish va nashr etish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida mazkur asarlarni chop etish, shuningdek, Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiga oid ilmiy tadqiqotlarni tizimlashtirish va nashrga tayyorlash rejalari belgilab olindi.

Taʼkidlanganidek, Pahlavon Mahmud siymosi xalqparvarlik, jasorat va yuksak maʼnaviy komillik timsoli sifatida bugungi kunda ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Xorazm viloyati Kengashi deputati Raimboy Sherjonovning taʼkidlashicha, Yangi Oʻzbekiston poydevori Xorazmiylar, Beruniylar, Ulugʻbeklar, Pahlavon Mahmud kabi buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va maʼnaviy merosiga tayanadi:

“Agar yosh avlod ana shu ulugʻ zotlarning hayoti va bosib oʻtgan yoʻlini chuqur anglab yetsa, mustaqil Oʻzbekistonning nurli choʻqqilariga yetish jarayoni yanada jadallashadi. Bu bebaho merosni yoshlar qalbiga singdirish bugungi kundagi eng muhim vazifalarimizdan biridir.”

Tarixiy manbalarga koʻra, 1247 yilda tugʻilgan Pahlavon Mahmud moʻgʻullar istilosi davrida mardlik va vatanparvarlikning yorqin namunasini namoyon etgan. U Hindistonga safar qilib, xorazmlik asirlarni ozod etish va ularni Vatanga qaytarishda beqiyos jasorat koʻrsatgan. 79 yillik umri davomida u nafaqat mashhur polvon, balki teran falsafiy qarashlarga ega shoir sifatida ham xalq xotirasida muhrlanib qolgan.

Rejissyor va kinooperator, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanovning taʼkidlashicha, kinokartinada Pahlavon Mahmud obrazini aktyorlar — Farhod Mahmudov, Bobur Imomov, Kamron Hamdamov va boshqalar gavdalantirmoqda:

“Pahlavon Mahmud ruboiylarida mujassam boʻlgan gʻoyalar bugungi kunda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan va mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyoti bilan uygʻun holda jaranglaydi.”

Muhokama davomida, shuningdek, Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Xiva langari” film ustida olib borilayotgan ishlar holati ham koʻrib chiqildi. Nashr etilayotgan kitoblar va ilmiy nashrlar orqali mutafakkirning bebaho maʼnaviy merosini keng jamoatchilikka yetkazish asosiy maqsad etib belgilandi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar