Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Moʻgʻuliston delegatsiyasi Hazrati Usmon mushafiga yuksak ehtirom koʻrsatdi

19.01.2026, 11:221413
Moʻgʻuliston delegatsiyasi Hazrati Usmon mushafiga yuksak ehtirom koʻrsatdi

Moʻgʻuliston delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Qurʼoni karim zali”da joylashtirilgan Hazrati Usmon mushafiga yuksak ehtirom koʻrsatdi. Bu umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlarga sadoqatning yorqin namunasi boʻldi. Moʻgʻuliston delegatsiyasining Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi sivilizatsiyalar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va muloqot gʻoyalarini yanada mustahkamladi.

Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahri gubernatori Xishgeye Nyambaatar boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida mehmonlar Markazda namoyish etilayotgan tarixiy-maʼnaviy meros bilan tanishib, Qurʼon zalida saqlanayotgan muqaddas Hazrati Usmon mushafiga hurmat bajo keltirdilar.


Islom sivilizatsiyasi markazi Oʻzbekiston hududida shakllangan boy tarixiy, ilmiy va maʼnaviy merosni yaxlit konsepsiya asosida namoyon etayotgan, xalqaro ahamiyatga ega ilmiy-maʼrifiy maydon sifatida mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Markaz bilan tanishar ekan, Ulan-Bator shahri gubernatori Xishgeye Nyambaatar majmuaning mazmuniy konsepsiyasi va keng qamrovli yondashuvini alohida taʼkidladi:

"Bu yerda tarix, diniy uygʻonish davrlari hamda ilm-fan rivoji oʻzaro uygʻun holda juda aniq va tushunarli tarzda yoritilgan. Bu maskanni haqiqiy sivilizatsiya markazi deb atash mumkin.


Bu ekspozitsiyalar orqali ilm va din taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy bogʻliq ekanini yaqqol his qilish mumkin.


Markazga kirib kelar ekanman, Oʻzbekiston xalqi oʻzining qadimiy tarixi bilan birga, bugungi zamon tarixini ham oʻz qoʻli bilan yaratayotganiga guvoh boʻldim. Bu ayniqsa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.


Biz, moʻgʻulistonliklar, qadimdan barcha dinlarga chuqur hurmat bilan munosabatda boʻlib kelganmiz. Qurʼon — yuzlab million insonlar uchun muqaddas kitob. Unga hurmat koʻrsatish — umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlarga boʻlgan ehtirom ifodasidir".

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12216
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9944
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar