Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Oʻzbekiston tarixini yanada chuqurroq anglashga muvaffaq boʻldim” – Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi

19.01.2026, 17:381379
“Oʻzbekiston tarixini yanada chuqurroq anglashga muvaffaq boʻldim” – Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi

Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Lun Yusyan boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifida turli tarixiy davrlarni qamrab olgan ekspozitsiyalar bilan batafsil tanishdi.

Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Lun Yusyan boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ikkinchi bor tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar markaz hududida yaratilgan sharoitlar hamda turli tarixiy davrlarni qamrab olgan ekspozitsiyalar bilan batafsil tanishdilar. Delegatsiya aʼzolarida Oʻzbekiston hududida shakllangan boy tarixiy va maʼnaviy merosning tushunarli va izchil tarzda yoritilgani ijobiy taassurot qoldirdi. Ekspozitsiyalarda tarixiy davrlarning ketma-ketlik asosida taqdim etilgani oʻtmish jarayonlarini yaxlit holda anglash imkonini beradi.

Mehmonlar Qurʼon zalidagi ekspozitsiyalarga alohida eʼtibor qaratdilar. Ushbu boʻlimda islom sivilizatsiyasining maʼnaviy asoslari, ilm-fan va maʼrifat bilan bogʻliq jihatlari ochiq va ravshan tarzda yoritilgan. Ekspozitsiyalar orqali islom madaniyatining insoniyat taraqqiyotida tutgan oʻrnini yanada chuqurroq anglash mumkin.

Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Lun Yusyan markaz haqidagi taassurotlarini quyidagicha bayon etdi:

“Men Islom sivilizatsiyasi markaziga ikkinchi bor tashrif buyuryapman. Ilk tashrifim davomidayoq bu maskan menda juda chuqur taassurot qoldirgan edi. Oʻsha paytda vaqt cheklangani sababli barcha jihatlarni batafsil oʻrganish imkoni boʻlmagan. Bu safar esa Oʻzbekiston tarixini yanada chuqurroq anglashga muvaffaq boʻldim. Bu yerda tarixni asrab-avaylash va uni dunyoga yetkazish masalasiga katta eʼtibor qaratilgani yaqqol seziladi.”

Delegatsiya rahbarining taʼkidlashicha, Islom sivilizatsiyasi markazi shunchaki muzey emas, balki tarixni anglash, undan saboq olish va bu bilimlarni yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladigan muhim maʼrifiy maskandir. Markaz faoliyati yoshlarning tarixga boʻlgan qiziqishini oshirish, madaniy muloqotni rivojlantirish va turli xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Mehmonlar fikricha, kelgusida turli sivilizatsiyalar va madaniyatlarga bagʻishlangan koʻrgazmalar tashkil etilishi markazning xalqaro ahamiyatini yanada oshiradi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar