Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ekspozitsiyada muqaddas ramz – Mahmil Haj ziyoratining unutilmas sahifalarini yodga solmoqda

20.01.2026, 16:341757
Ekspozitsiyada muqaddas ramz – Mahmil Haj ziyoratining unutilmas sahifalarini yodga solmoqda

Kaʼbaga olib borilgan muqaddas yopqichlar, sultonlar hadyasi va haj karvonlarining tantanali ramzi boʻlgan mahmil asrlar davomida islom olamini birlashtirgan muqaddas anʼanalardan biri hisoblangan. 


Bugun esa bu noyob tarixiy ramz Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyasida namoyish etilib, haj marosimining unutilmas sahifalarini yodga solmoqda.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasidan islom tarixida haj marosimi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan eng muhim va muqaddas ramzlardan biri mahmil oʻrin olgan. Nodir eksponatlardan biri hisoblangan mahmil oʻz vaqtida kisvani (Kaʼba yopqichini) yoki ayrim davrlarda yuqori martabali ayollarni tashish uchun moʻljallangan, bezakli yopinchiq bilan qoplangan maxsus zambil-moslama hisoblanadi. Odatda Mahmil tuyaga oʻrnatilib, Makkaga yoʻl olgan haj karvonlari bilan birga olib borilgan.

Kisvani tashish uchun bezakli yopinchiq bilan qoplangan maxsus zambil-moslama.
1836-yil

Mahmil yoki Mahmal (arabcha: مَحْمَل, maḥmal) atamasi arab tilidagi ḥaml - “koʻtarish, tashish” soʻzidan kelib chiqqan. U uchi oʻtkir tomli, tuyaga moslab yasalgan yogʻoch karkasdan iborat boʻlib, usti murakkab naqshlar bilan bezatilgan tantanali mato yopqich - sitr (zitr) bilan oʻralgan. Bu yopqichlar baʼzan kisva yoki sitr ul-mahmil deb ham atalgan.


Mamluklar davriga oid eng qadimgi yopqichlar sariq rangda boʻlib, keyinchalik qizil va yashil rangli namunalar keng tarqalgan. Ushbu matolarda sultonning tugʻrasi hamda Qurʼoni karim oyatlari nafis kashtalar bilan ishlangan.

Tarixiy manbalarga koʻra, ilk mahmil 1260-1277 yillarda Misr sultoni Baybars tomonidan yuborilgan. Keyingi asrlarda esa Istanbul, Qohira, Damashq, Yaman, Haydarobod, Darfur va Temuriylar imperiyasi hududlaridan ham mahmillar joʻnatilgan. Misr haj karvonining asosiy yoʻli Qohiradan boshlangan boʻlsada, XIV asr oxirlaridan eʼtiboran Asyut shahridan ham har yili alohida mahmil bilan karvon yoʻlga chiqa boshlagan.

Mahmilning Makkaga yetib kelishi yirik diniy voqea sifatida qaralgan. Mahalliy aholi va hojilar uni tomosha qilish uchun yigʻilgan. Shaharga kirishdan avval safar davomida yopib kelingan oddiy matolar oʻrniga mahmil rang-barang, bezakli kisvalar bilan almashtirilgan.

Turli mamlakatlardan kelgan mahmillar Kaʼba oldida eng sharafli joyni egallashga intilgani ham manbalarda qayd etiladi. Makkadan qaytgan mahmil baraka olib keladi, degan eʼtiqod keng tarqalgan boʻlib, odamlar unga qoʻlini tekkizishni yoki roʻmollarini qisqa muddatga ichiga qoʻyishni tabarruk amal deb bilishgan.

Mahmil anʼanasining kelib chiqishi borasida turli qarashlar mavjud. Turk sayyohi Evliyo Chalabiy ilk mahmillarda Paygʻambar Muhammad (s.a.v.) ning muborak ashyolari – oyoq kiyimi, libosi va kosasi olib yurilganini, shu bois mahmil ramziy maʼnoda Paygʻambar qabrini ifodalaganini yozadi. Boshqa bir nazariyaga koʻra esa, birinchi Mamluk sultoni Shajar ad-Durr haj safarini rangli taxtiravonda amalga oshirgan, uning vafotidan keyin esa bu anʼana boʻsh taxtiravon shaklida davom ettirilgan.

Mahmil ichidagi buyumlar masalasida ham manbalar turlicha maʼlumot beradi. Ayrimlariga koʻra, mahmil butunlay boʻsh boʻlgan, boshqalarida esa uning ichida Qurʼoni karim yoki duo kitobi saqlangan. 1575 yilga oid manbada oltin harflar bilan yozilgan Qurʼon olib borilgan mahmil tilga olinadi. XIX asr sayyohlari esa baʼzan Qurʼon nusxalari mahmil ichida emas, balki tashqi qismiga maxsus qimmatbaho gʻiloflarda mahkamlanganini qayd etganlar.

Ibrohim Usmonov, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori:

"Turli davrlarda Hijoz mintaqasiga Iroq, Misr, Shom, Yaman va Turkiya kabi oʻlkalardan mahmil orqali Kaʼbapoʻsh (Kaʼba yopqich)lar joʻnatilgan. Bunday karvonlar bilan birga podshohlar va sultonlar tomonidan ajratilgan hadyalar ham yuborilib, ular Quddus, Madinai Munavvara va Makka aholisi oʻrtasida tarqatilgan.


Tarixda eng koʻp Kaʼbapoʻshni mahmil orqali joʻnatgan davlat Misr hisoblanadi. Taxminan yetti asr davomida bu yurtda tayyorlangan Kaʼbapoʻshlar Makkaga yuborib kelingan. XX asrda Saudiya Arabistonida Kaʼbapoʻsh tayyorlaydigan maxsus fabrikalar tashkil etilgach, mahmil orqali tashish anʼanasi tarixiy merosga aylandi."

Bugungi kunda mahmil haj marosimining eng muhim muqaddas va ramziy timsollaridan biri sifatida tarixda muhrlanib qolgan.  1836 yilda Sulton Mahmud II buyrugʻi bilan yaratilgan va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan mahmil hajning qadimiy anʼanalarini aks ettiruvchi noyob tarixiy guvohlikdir.

Shahnoza Rahmonova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan koʻchirib eʼlon qilish mumkin

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12220
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9948
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar