Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Rolls-royce – dunyo avtobrendi vakillari islom sivilizatsiyasi markazidan hayratda qoldi

21.01.2026, 09:46674
Rolls-royce – dunyo avtobrendi vakillari islom sivilizatsiyasi markazidan hayratda qoldi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan “Rolls-Royce Motor Cars” vakili bunga o‘xshash muzeyni hali hech qayerda ko‘rmagani va katta tajriba, bilim olganini maʼlum qildi.
 

“Rolls-Royce Motor Cars” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif davomida Markazda yaratilgan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishib, uning mazmuniy tuzilishi, keng tarixiy qamrovi va maʼnaviy muhitiga yuqori baho berdilar.
 

Delegatsiya vakillarining Markaz bilan tanishuvi “Shon-sharaf zali”dagi mozaika usulida yaratilgan monumental kompozitsiyalardan boshlandi. Unda buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi taʼsirchan tarzda aks ettirilgan. Mozaik pannolarning ranglar uyg‘unligi va badiiy ifodasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, zalda shakllangan umumiy muhit O‘zbekiston zaminida vujudga kelgan sivilizatsiyaning boyligi va ko‘lamini yaqqol namoyon etdi.

Shundan so‘ng delegatsiya Markaz muzeyining “Islomdan avvalgi davr” ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Bu bo‘limda qadimiy sivilizatsiyalar, ilk shahar madaniyati, arxeologik topilmalar asosida yaratilgan maketlar hamda tarixiy manzaralarni aks ettiruvchi vizual materiallar namoyish etilgan. Ayniqsa, muqaddas qadamjolar va qadimiy maskanlarning aniq detallar bilan ishlangan maketlari mehmonlar eʼtiborini tortdi.
 

Birinchi va Ikkinchi Renessans bo‘limlarida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Beruniy kabi buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosi, ularning qo‘lyozmalari, kashfiyotlari va jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi izchil tarzda yoritilgan. Ilm-fan, tibbiyot, astronomiya va falsafaning o‘zaro bog‘liq holda taqdim etilishi tarixiy jarayonlarni yaxlit anglash imkonini berdi.
 

Ayniqsa, Qurʼoni karim zali delegatsiya aʼzolarida chuqur taassurot qoldirdi. Delegatsiya vakillarining qayd etishicha, noyob Qurʼon musʼhafi joylashtirilgan mazkur zalning keng makoni, yorug‘lik va ranglar uyg‘unligi hamda maʼnaviy muhiti uni Markazning eng taʼsirchan bo‘limlaridan biriga aylantirgan.

Paul Sutherland, “Rolls-Royce Motor Cars” kompaniyasi vakili:

«Binoning tashqi qiyofasi ham, ichki makoni ham juda taʼsirli. Ayniqsa, Qurʼoni karim joylashgan zal — haqiqatan ham ajoyib. Ichkariga kirganingizda bu majmua qanchalik ulkan ekanini yana-da chuqur his qilasiz».

Kompaniya vakili Richard Vinn Markaz haqida quyidagilarni taʼkidladi:

«Bu juda noyob markaz. Uning ko‘lami meni chindan ham hayratga soldi. Ayniqsa, Qurʼoni karim zalidagi makon, ranglar va muhit juda chiroyli. Men bunga o‘xshash muzeyni hali hech qayerda ko‘rmaganman. Bu men uchun katta tajriba va bilim bo‘ldi».


Tashrif davomida mehmonlar har bir bo‘limda namoyish etilgan muqaddas qadamjolarning maketlari, tarixiy qo‘lyozmalarning nusxalari va multimediaviy materiallarni diqqat bilan kuzatishdi, qiziqtirgan savollarga batafsil maʼlumot oldilar.
 

Mehmonlarning fikricha, Islom sivilizatsiyasi markazi o‘zining mazmunan boy ekspozitsiyalari, keng tarixiy qamrovi va maʼnaviy muhiti bilan xalqaro miqyosda alohida ahamiyatga ega ilmiy-maʼrifiy maskan hisoblanadi.
 

Shuningdek, delegatsiya “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” bo‘limi bilan ham tanishdi. Bu yerda mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichi, kelajakka qaratilgan maqsadlar va maʼrifiy yo‘nalishlar aks ettirilgani mehmonlar tomonidan ijobiy baholandi.
 

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar