Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

"Ilm-fan nimalarga qodir ekanligining dalili" – BAA delegatsiyasi

21.01.2026, 21:341334
"Ilm-fan nimalarga qodir ekanligining dalili" – BAA delegatsiyasi

BAA delegatsiyasi aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida Xorazmiy, Ibn Sino, Amir Temur kabi buyuk zotlar merosi bilan yaqindan tanishib, ushbu maskan ularning tarix haqidagi tasavvurini tubdan oʻzgartirganini qayd etdilar.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyeyov tashabbusi bilan barpo etilgan ulkan majmua mamlakatimizning boy tarixiy va maʼnaviy merosini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etishini eʼtirof etdilar.

Tashrif davomida har bir boʻlimda tashkil etilgan tarixiy ekspozitsiyalar, xususan, Islomdan avvalgi davr boʻlimidagi immersiv xona, Birinchi Renessans boʻlimida joylashtirilgan Somoniylar davriga oid ikki boshli burgut tasviri tushirilgan artefakt, Ikkinchi Renessans boʻlimida esa “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”dagi interaktiv oʻyinlar, ayniqsa xattotlikka bagʻishlangan, yozuvlarni sinab koʻrish imkonini beruvchi mashgʻulotlar delegatsiya aʼzolarining eʼtiborini tortdi.

Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori boʻlimida joylashtirilgan Humo AI tizimi orqali mehmonlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga, jumladan, huquqiy masalalar boʻyicha javob olishdi va bu zamonaviy yondashuvga yuqori baho berishdi. Mazkur boʻlim ekspozitsiyasidagi Oʻzbekistonning milliy matolari, yoshlar va sport yoʻnalishi, Olimpiya medallariga bagʻishlangan qism va unda aks etgan yurtimizning faxrli yosh sportchilari mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Qurʼoni Karim zalida noyob meros – Usmon Mushafini koʻrish oʻzlari uchun ulkan sharaf va baxt ekanini alohida taʼkidladilar.

Afaf Al Kuntar, AHI Carrier kompaniyasi  (Birlashgan Arab Amirliklari):

“Bu yerga kelib, Oʻzbekiston va uning tarixini ilk bor chuqurroq angladim. Bu mening birinchi tashrifim boʻlishi mumkin, ammo albatta oxirgisi boʻlmaydi. Musulmon boʻla turib ham, bu qadar buyuk allomalar aynan Oʻzbekistondan yetishib chiqqanini bilmas edim. Bu meni juda hayratga soldi.


Bu yerga tashrif buyurish katta sharaf. Har bir musulmon, hatto musulmon boʻlmaganlar ham bu joyga kelib, islom tarixda erishgan natijalar, islom olami vakillari amalga oshirgan buyuk ishlarni bilishi kerak. Bu bilan faxrlanish mumkin. Bugun Xorazmiy, Ibn Sino, Amir Temur va boshqa buyuk zotlar haqida juda koʻp maʼlumot oldim. Endi musulmon ekanimdan yanada faxrlanaman va bu yerda oʻrganganlarimni boshqalarga ham aytishni istayman.


Bolalar uchun moʻljallangan hududni alohida yuqori baholayman. Chunki bugungi avlod bilan tarix oʻrtasida maʼlum bir uzilish bor. Bu maskan esa bolalarning xotirasini boyitadi, ularni islom tarixi bilan yaqinlashtiradi. Bu Oʻzbekistondan kelgan bolalar uchun ham, dunyoning boshqa hududlaridan kelganlar uchun ham nihoyatda foydali.”


Baha’ Khvaira AHI Carrier kompaniyasi menejeri:

“Binoga kirishingiz bilan uning meʼmorchiligi, yoʻlaklari va har bir mayda detali eʼtiborni tortadi. Ayniqsa, kirish foyesi menga juda manzur boʻldi. Meʼmorchilik yechimi va mozaikalar yuksak professional darajada ishlangan. U Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston tarixining turli davrlarini juda nafis va mazmunli tarzda aks ettiradi.


Kelajakda bu markazni tashrif buyuruvchilar bilan gavjum holda koʻrishni intiqlik bilan kutyapman. Ishonchim komilki, odamlar bu yerdan katta zavq olishadi.


Yoshlar bu markazga albatta kelishlari kerak. Bu maskan ularning oʻz tarixidan faxrlanishi, boy merosdan ilhom olib, kelajakka ishonch bilan qarashiga xizmat qiladi”

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar