Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Iordaniyalik mutaxassislar: “Ekspozitsiyalar insonni oʻylashga va his qilishga majbur qiladi”

22.01.2026, 19:521261
Iordaniyalik mutaxassislar:  “Ekspozitsiyalar insonni oʻylashga va his qilishga majbur qiladi”

Tarixni kitobdan oʻqish bir gap, uni his qilish esa mutlaqo boshqa tajriba. Iordaniyadan tashrif buyurgan mehmonlar uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va muallifligi asosida bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday tirik tarix maskaniga aylandi. Delegatsiya aʼzolari Markazda yaratilgan ekspozitsiyalar orqali Oʻzbekistonning ming yillik maʼnaviy va ilmiy yoʻlini yangicha nigoh bilan kashf etganini taʼkidladilar.

Iordaniya Sogʻliqni saqlash vazirligi delegatsiyasining tashrifi davomida mehmonlar mamlakat tarixining barcha bosqichlari — islomdan avvalgi davr, islom sivilizatsiyasi shakllanishi – Birinchi va Ikkinchi Renessans va zamonaviy taraqqiyot – Yangi Oʻzbekiston jarayonlari izchil, mantiqiy va zamonaviy yondashuvlar asosida yoritib berilganini yuqori baholadilar.

Tashrif chogʻida delegatsiya aʼzolari Islomdan avvalgi davr boʻlimidagi Qadimgi Xorazm ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdilar. Qadimgi zaminda ilm-fan, davlatchilik va maʼnaviy tafakkur qanday shakllangani ushbu boʻlim orqali aniq va tushunarli tarzda namoyon etilgani qayd etildi. Birinchi Renessans boʻlimida namoyish etilgan muqaddas Kaʼbapoʻsh – kisva hamda Imom Buxoriy majmuasining Markazdagi maketi mehmonlar taassurotini yanada boyitdi. Delegatsiya aʼzolari mazkur eksponatlar bilan tanishar ekan, Imom Buxoriy majmuasiga amalga oshirgan ziyoratlarini esladilar.

Ayniqsa, Qurʼoni Karim zalida namoyish etilayotgan noyob meros — Usmon mushafi iordaniyalik mehmonlarda chuqur maʼnaviy hayajon uygʻotdi. Ular bu muqaddas qoʻlyozmani koʻrishni oʻzlari uchun katta sharaf va unutilmas tajriba sifatida baholadilar.

Tashrif doirasida iordaniyalik mutaxassislar oʻzbek zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ilmiy merosiga ham alohida toʻxtaldilar. Xususan, matematika va ilmiy tafakkur rivojida Xorazmiy nomi bilan bogʻliq “algoritm” tushunchasi bugungi raqamli dunyo poydevorlaridan biri ekani taʼkidlandi. Bu holat Oʻzbekiston zamini jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi naqadar ulkan ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Mahmud Mustafo Solih, Iordaniya Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya boʻyicha direktor:

Rostini aytsam, bu markaz meni chin maʼnoda hayratga soldi. Ekspozitsiyalar oʻtmishni faqat maʼlumot sifatida emas, balki jonli tajriba sifatida namoyish etadi. Har bir boʻlimda tarix, ilm va maʼnaviyat oʻzaro uygʻun holda aks etgan. Menimcha, bu maskan mazmun va yondashuv jihatidan deyarli 100 foiz mukammal darajaga yetgan.

Abdulla Avdat, Iordaniya delegatsiyasi aʼzosi, muhandis:

Men uchun eng taʼsirli jihat — Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan allomalarning jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi boʻldi. Ayniqsa, “algoritm” tushunchasining aynan Xorazmiy nomi bilan bogʻliq ekani kasbiy faoliyatim nuqtai nazaridan juda muhim. Koʻrgazma tarixni juda ravshan, tushunarli va zamonaviy uslubda ochib beradi. Islomdan avvalgi davrdan tortib, bugungi kungacha boʻlgan taraqqiyot uzluksiz mantiqiy zanjir sifatida taqdim etilgan. Bu tashrif men uchun unutilmas tajriba boʻldi.


Iordaniya davlati va Oʻzbekiston davlati oʻrtasida koʻplab oʻxshash sharoitlar mavjud. Biz rivojlanayotgan davlatlarmiz va fuqarolarimizning turmush sharoitini yaxshilash, davlat xizmatlarini tibbiyot, taʼlim, texnologiya va boshqa sohalarda rivojlantirishga intilamiz. Mening fikrimcha, har ikki davlat ham bir-birining tajribasidan foydalanib, fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshiradi.

Iordaniya delegatsiyasining tashrifi yana bir bor shundan dalolat berdiki, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faqat muzey emas. U — oʻtmish va bugunni bogʻlovchi, xalqlar oʻrtasida maʼnaviy muloqot oʻrnatuvchi va kelajakka yoʻl koʻrsatuvchi noyob madaniy makondir. Bu yerda tarix oʻqilmaydi — u his qilinadi, anglanadi va ilhom manbaiga aylanadi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14823
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7976
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar