Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

"Markazni xalqaro miqyosda targʻib qilish muhim" – deb hisoblaydi Saudiya Arabistoni Taraqqiyot jamgʻarmasi bosh direktori

22.01.2026, 20:411229
"Markazni xalqaro miqyosda targʻib qilish muhim" – deb hisoblaydi Saudiya Arabistoni Taraqqiyot jamgʻarmasi bosh direktori

Bugungi dunyoda taraqqiyot faqat iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan emas, balki tarixni anglash, maʼnaviy merosni asrash va kelajakni shu asosda qurish bilan belgilanadi. Ana shu uygʻunlikni bir makonda koʻrish mumkin boʻlgan maskan — Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazidir.

Aynan shu jarayonlarga yaqindan guvoh boʻlish maqsadida Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamgʻarmasi Bosh direktori Sultan Al-Marshed boshchiligidagi delegatsiya Markazga tashrif buyurdi. Mehmonlar ekspozitsiyalar orqali Oʻzbekiston tarixining islomdan avvalgi va keyingi davrlari, buyuk olimlar merosi hamda Yangi Oʻzbekistonning soʻnggi oʻn yillik taraqqiyot yoʻli bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Markazda tarixiy jarayonlar izchil va mantiqiy ketma-ketlikda yoritilgani, ilm-fan va maʼnaviyat taraqqiyoti bugungi islohotlar bilan uzviy bogʻlab koʻrsatilganini eʼtirof etdilar.

Ekspozitsiyalarda Oʻzbekiston taraqqiyoti chuqur tarixiy va intellektual asosga ega ekanini ochib beruvchi koʻplab dalillar jamlangani mehmonlarda alohida qiziqish uygʻotdi.

Sultan Al-Marshedning aytishicha, ekspozitsiyalar orqali islom olamida Oʻzbekistonning juda katta oʻrni borligini yaqqol anglash mumkin. Bu yerda namoyish etilgan Kaʼba kisvasi Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi diniy va maʼnaviy yaqinlik ramzi sifatida alohida baholandi.

 “Mazkur ulugʻ markaz butun dunyoga muhim xabar yetkazmoqda: Oʻzbekiston sivilizatsiyasining islomdan avvalgi va keyingi taraqqiyot yoʻlini, shuningdek, mamlakatning islom sivilizatsiyasidagi tarixiy oʻrni va beqiyos hissasini aniq namoyon etadi. Bu hissa ilm-fan, iqtisodiyot va boshqa koʻplab rivojlanish sohalarida yaqqol koʻzga tashlanadi,” — dedi Saudiya Arabistoni Taraqqiyot jamgʻarmasi bosh direktori.

Shuningdek, Markaz umumiy gʻoyasi Oʻzbekiston sivilizatsiyasining tarixiy oʻrni va jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasini ochib berayotganini qayd etdi. Uning fikricha, bu yerda nafaqat tarixiy meros, balki ilm-fan, iqtisodiyot va tafakkur taraqqiyotiga oid uzviy bogʻliqlik aniq koʻrsatib berilgan.

Delegatsiya aʼzolarining alohida eʼtiborini Qurʼoni karim zali tortdi. Zaldagi sokin muhit, meʼmoriy yechim va noyob eksponatlar Qurʼoni karimga boʻlgan chuqur ehtiromni yaqqol ifodalashi taʼkidlandi.

Sultan Al-Marshed ushbu boʻlim haqidagi fikrlarini qisqacha shunday ifodaladi: 

“Qurʼoni karim zalida namoyish etilgan Qurʼon kitoblari ikki birodar davlat oʻrtasidagi yaqinlik va oʻzaro hurmatni yaqqol aks ettiradi. Inshaalloh, bu aloqalar bundan buyon ham yanada mustahkamlanadi”.

Shuningdek, delegatsiya “Yangi Oʻzbekiston — yangi Renessans poydevori” boʻlimi bilan tanishib, unda mamlakatning soʻnggi yillarda erishgan yutuqlari, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelajak maqsadlari aniq va tushunarli tarzda yoritilganini yuqori baholadi.

Mehmonlar ushbu boʻlim bugungi Oʻzbekiston taraqqiyotini xalqaro auditoriyaga sodda va ishonarli tilda tushuntirib berishini qayd etdilar.

Tashrif yakunida Sultan Al-Marshed Markazni global miqyosda keng targʻib qilish muhimligini taʼkidlab, bu orqali dunyo jamoatchiligi Oʻzbekiston tarixi va uning sivilizatsion yoʻlini yanada chuqurroq anglashiga ishonch bildirdi. Uning fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida barpo etilgan ushbu majmua Oʻzbekistonning oʻtmishi, buguni va kelajagini yagona tarixiy manzara sifatida namoyon etuvchi muhim madaniy maskan hisoblanadi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14823
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7976
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar