Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Bu men koʻrgan eng buyuk muzeylardan biri» – Germaniyalik professor

26.01.2026, 20:401290
«Bu men koʻrgan eng buyuk muzeylardan biri» – Germaniyalik professor

Germaniya akademik elitasi Oʻzbekistonda tarix, ilm va tafakkur bilan yuzma-yuz keldi. Lyubek universiteti prezidenti doktor Tomas Frank Munte boshchiligidagi delegatsiya Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, Markaziy Osiyo ilmiy merosi va zamonaviy muzey yechimlari uygʻunligi bilan yaqindan tanishdi. 

Sayohat davomida mehmonlar Islom sivilizatsiyasi markazi tarixni shunchaki namoyish etmay, balki fikrlashga chorlovchi, ilmga qiziqish uygʻotuvchi va tafakkurni harakatga keltiruvchi ilmiy-madaniy makon sifatida shakllanganini alohida taʼkidladilar.

Delegatsiya aʼzolari markaz boʻylab bosqichma-bosqich harakatlanib, har bir zalda davr ruhi bilan yuzma-yuz keldi. Sayohat Shon-sharaf zalidan boshlanib, Qurʼoni Karim zali bilan yakunlandi. Qadimiy sivilizatsiyalar manzarasi, islom Renessansi tafakkuri va zamonaviy Oʻzbekiston taraqqiyotini yagona tarixiy oqimda koʻrsatgan ekspozitsiyalar mehmonlarda Markaziy Osiyo ilmiy maktabining miqyosini teran his ettirdi.

Delegatsiya aʼzolari uchun tashrifning markaziy nuqtasi Birinchi Renessans boʻlimida Abu Ali ibn Sinoga bagʻishlangan ekspozitsiya boʻldi. Ibn Sino bu yerda faqat tarixiy shaxs sifatida emas, zamonlar osha yashab kelayotgan ilmiy tibbiy tafakkur fenomeni sifatida namoyon boʻladi. Uning tibbiyot va falsafaga oid qarashlari zamonaviy vizual va interaktiv vositalar orqali jonlantirilgani mehmonlar tomonidan alohida eʼtirof etildi.

“Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”da namoyish etilgan interaktiv jarrohlik oʻyini esa tarixiy bilimni amaliy tajribaga aylantirgan noodatiy yechim sifatida baholandi. Delegatsiya aʼzolari ushbu format yoshlarni tibbiyot ilmiga yaqinlashtirish, kasbiy qiziqishni uygʻotish uchun nihoyatda samarali ekanini taʼkidladilar.

Tashrif yakunida mehmonlar ushbu loyiha tashabbuskori va muallifi Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, Islom sivilizatsiyasi markazi tarixni «koʻrsatadigan» emas, balki fikrlashga majbur qiladigan, savol tugʻdiradigan va tafakkurni harakatga keltiradigan ilmiy-madaniy makon ekanini alohida qayd etdilar.

Dr. Tomas Frank Munte, Germaniyaning Lyubek universiteti prezidenti:

“Avvalo, markazning meʼmoriy yechimi meni hayratga soldi. Bu yerda shakl va mazmun nihoyatda nozik uygʻunlikda mujassam. Men dunyoning koʻplab nufuzli muzeylarida boʻlganman, ammo bu markaz oʻziga xos yondashuvi bilan ular orasida alohida ajralib turadi.

Abu Ali ibn Sino - nafaqat Sharq, balki butun jahon sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk tabiblardan biridir. Qizigʻi shundaki, bizning ushbu tashrifimiz Germaniya–Oʻzbekiston Ibn Sino nomidagi Tibbiyot jamiyati tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Ibn Sinoni biz faqat tarixiy shaxs sifatida emas, bugungi kunda ham ilmiy muloqot, madaniy aloqalar va oʻzaro anglashuvni mustahkamlovchi buyuk timsol sifatida koʻramiz.


Bu markazda har bir davr oʻz ruhiga, oʻz intellektual va madaniy qiyofasiga ega. Uzluksiz tarixiy jarayon Markaziy Osiyoning ilm-fan va tafakkur rivojidagi ulkan oʻrnini yaqqol namoyon etadi. Bu men koʻrgan eng buyuk muzeylardan biri. Hatto uni Vashingtondagi yetakchi muzeylar bilan bir qatorda qoʻyish mumkin. Bu maskan nafaqat bilim beradi, balki inson tafakkurini kengaytiradi va tarixga boʻlgan munosabatni oʻzgartiradi.”

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14823
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7976
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar