Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

«Bu haqiqatan ham buyuk majmua» – Suma Chakraborti

27.01.2026, 20:191257
«Bu haqiqatan ham buyuk majmua» – Suma Chakraborti

Islom sivilizatsiyasi markaziga iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakraborti tashrif buyurdi. Ekspozitsiyalar bilan tanishib, u markazning meʼmoriy gʻoyasi va mazmunli koʻrgazmalariga yuqori baho berdi. Oʻzbekistonning  islom sivilizatsiyasi tarixidagi oʻrni haqida toʻliq tasavvur hosil qilishda markazning ahamiyatini taʼkidladi.


Mehmon markazni faqat muzey sifatida emas, balki mintaqaning intellektual merosini zamonaviy ekspozitsiya tilida ochib beruvchi keng koʻlamli madaniy-ilmiy loyiha sifatida koʻrdi. Uning soʻzlariga koʻra, binolar dizayni, yoʻnalish va eksponatlar tanlovi mukammal oʻylangan konsepsiyadan dalolat beradi.

Suma Chakraborti, Oʻzbekiston Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi:

Menimcha, bu nihoyatda ulugʻvor inshoot. Inshootning oʻzi — uning dizayni, joylashuvi va koʻrgazma eksponatlari juda puxta oʻylangan. Bu juda katta loyiha boʻlgan, ammo u muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, deb hisoblayman. Va bu markaz jamoatchilik uchun, ehtimol, bahor oylarida ochilgach, odamlar Oʻzbekistonning islomiy merosdagi oʻrni haqida juda aniq va toʻliq tasavvurga ega boʻlishadi. Menimcha, bu aynan loyiha oldiga qoʻyilgan asosiy maqsaddir. Madaniy jihatdan olganda, bu markaz jahon miqyosidagi inshoot boʻladi.


Ayniqsa Birinchi va Ikkinchi Renessansga bagʻishlangan boʻlimlar menga juda manzur boʻldi. Chunki ular ushbu mamlakatning tarixi va madaniyati haqida hikoya qiladi. Umid qilamanki, xorijlik mehmonlar ham bu yerga koʻproq tashrif buyuradi. Ayniqsa, mintaqa tashqarisida unchalik yaxshi tanilmagan Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari haqida koʻproq bilishlari juda muhim, deb oʻylayman.

Men shuni payqadimki, koʻplab eksponatlar Buyuk Britaniyadagi dilerlardan xarid qilingan. Ularning yana Oʻzbekistonga qaytib, shu yerda namoyish etilayotgani juda quvonarli holat. Avval ular koʻplab xususiy kolleksiyalarda saqlangan boʻlsa, endi jamoatchilikka birinchi marta ochiq tarzda taqdim etilmoqda. Buni koʻrish juda yoqimli boʻldi.

Mehmonning taʼkidlashicha, ochilishidan keyin markaz dunyo miqyosida madaniy ahamiyatga ega boʻlgan obʼektga aylanib, xorijiy mehmonlar uchun muhim joziba maydoniga aylanadi.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14824
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12218
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9946
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7977
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar