Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni: tarix, madaniyat va maʼrifat chorrahasida

29.01.2026, 10:271171
Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni: tarix, madaniyat  va maʼrifat chorrahasida

Islom olamini birlashtirib turuvchi umumiy qadriyatlar, ilmiy meros va maʼnaviy anʼanalar asrlar davomida musulmon xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv va hamkorlikning mustahkam poydevori boʻlib kelgan. Ana shu maʼnaviy makonni ifoda etuvchi muhim maskanlardan biri — Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga Saudiya Arabistoni Qirolligining Oʻzbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor  elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor  elchisi Nodir Turgʻunov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar Markaz muzeyining barcha asosiy ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdi va ularni katta qiziqish bilan koʻzdan kechirdi. Elchilar Markaz konsepsiyasi, islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani, maʼnaviyati va madaniyatiga qoʻshgan hissasi haqida alohida toʻxtaldilar.

Mehmonlar Markazning Shon-Sharaf zalidagi 14 ta ravoqni, har birini alohida mozaika uslubida yaratilgani uchun yuksak baholadilar. Shuningdek, islomdan avvalgi davrdan boshlangan 3000 yillik tariximizdan Yangi Oʻzbekiston islohotlarigacha qamrab olingan ekspozitsiya ularda katta taassurot qoldirdi.

Birinchi Renessans boʻlimida mehmonlarni Saudiya Podshosi tomonidan hadya qilingan Kisva va bu boʻlimda joylashtirilgan Samarqand qogʻozi namunasini ushlab koʻrib quvondilar. Bu boʻlim Movarounnahrdagi buyuk allomalar va ilmiy maktablar merosini yaqqol namoyon etadi.

Ikkinchi Renessansda esa Ulugʻbek Mirzo ekspozitsiyasi, ayniqsa olim va davlat arboblarining ilmiy va madaniy yutuqlari zamonaviy texnologiyalar orqali taqdim etilgani elchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Qurʼoni karim zali oʻzining meʼmoriy mahobati va muqaddas muhiti bilan Saudiya Arabistoni Qirolligining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor  elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymedni lol qoldirdi. Shuningdek, Markazning Bolalar maydonchasida tashkil etilgan va multfilm asosida yaratilgan ilmiy targʻibot mehmonlarni quvontirdi.

Shuningdek, elchilarga Markazning yuqori qavatida YuNESKO, ICESCO va IRCICA kabi xalqaro tashkilotlar uchun alohida maxsus xonalar ajratilgani haqida alohida maʼlumot berildi va martabali mehmonlar bu eʼtiborni yuksak baholadilar.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14825
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12218
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9947
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7978
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar