Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

OʻzJOKU rektori: “Qorongʻilik ketib, Renessans nuri kirib kelmoqda”

29.01.2026, 11:251218
OʻzJOKU rektori: “Qorongʻilik ketib, Renessans nuri kirib kelmoqda”

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (OʻzJOKU) professor-oʻqituvchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif chogʻida ajdodlar merosi qanday qilib zamonaviy muzey tilida “soʻzlay olishi”ga guvoh boʻldilar. 

OʻzJOKU professor-oʻqituvchilari delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga universitet rektori Sherzodxon Qudratxoʻja rahbarlik qildi. Mehmonlarni Markaz direktori kutib olib, ularni ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishtirdi.

Delegatsiya dastlab Markazning “Shon-sharaf zali”dagi mozakalarni tomosha qildi. Ushbu ekspozitsiya orqali buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi badiiy ifodada namoyon etilgan. Zaldagi pannolarning ranglar uygʻunligi va badiiy yechimi mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Shundan soʻng delegatsiya Islomdan avvalgi davr, Birinchi va Ikkinchi Renessans hamda “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans poydevori” boʻlimlari bilan tanishdi. Ekspozitsiyalarda mamlakat hududidagi qadimiy sivilizatsiya rivoji, ilm-fan va madaniyatning tarixiy bosqichlari, shuningdek, zamonaviy Oʻzbekistondagi maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar keng yoritilgan.

Tashrif davomida Islom sivilizatsiyasi markazining zamonaviy muzey texnologiyalari, raqamli platformalar va sunʼiy intellekt elementlari asosida tashkil etilgan ekspozitsiyalari alohida eʼtiborga sazovor boʻldi. Bu yondashuv tarixiy merosni keng jamoatchilikka, ayniqsa yosh avlodga zamonaviy va interaktiv shaklda yetkazishga xizmat qiladi.

Bizning bobolarimiz boshqalar hali kitob oʻqishni bilmagan davrlardayoq kitob yozgan, ilm-fan bilan shugʻullangan daholar boʻlgan. Ajdodlarimiz dunyodagi eng noyob usturlob va ilmiy asboblar orqali osmon jismlarining harakatini hisoblab, hozirgi zamonaviy kompyuterlar bilan taqqoslaganda kichik sekundgagina farq qilgan natijalarga erishgan. Bu ularning beqiyos ilmiy salohiyati va zehnini koʻrsatadi.

Bu loyiha Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan boʻlib, butun Turon va Osiyo zaminida, Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotida olimlarimiz tutgan oʻrnini yoritishga xizmat qiladi. Amerikalik professor Frederik Star taʼkidlaganidek, “Oʻzbekiston tarixi qorongʻi xonada yotgan edi”, bugun esa qorongʻilik ketib, Renessans nuri kirib kelmoqda va yangi tarixiy sahifalar ochilmoqda, - dedi OʻzJOKU rektori Sherzodxon Qudratxoʻja. 

Professor-oʻqituvchilar shuningdek, ekspozitsiyada yoshlar uchun yaratilgan interaktiv loyihalar bilan ham tanishdi. Universitet rektori Ikkinchi Renessans boʻlimida joylashtirilgan sunʼiy intellekt yordamida “jonlantirilgan” Temuriy shahzoda Ulugʻbek Mirzo bilan muloqot qildi. Undan bobosi Amir Temur va Saroymulkxonim bilan bogʻliq xotiralari haqida soʻradi. Mirzo Ulugʻbek esa bu savolga batafsil javob berdi. Bu esa professor oʻqituvchilarda ham katta qiziqish uygʻotib, yosh avlodga tarixni bugungi zamonaviy “til”da taqdim etilgani eʼtirof etildi.

Shuningdek, tashrif chogʻida OʻzJOKU va Islom sivilizatsiyasi markazi oʻrtasida ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun amaliy mashgʻulotlar, ekskursiyalar hamda qoʻshma loyihalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, gid-jurnalistika, sayohat-jurnalistikasi va tarixga ixtisoslashgan jurnalistika yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.

OʻzJOKU Inson huquqlari va media kafedrasi mudiri, professor Nazira Toshpoʻlatova Markazdagi texnologik yondashuv va uchinchi Renessans gʻoyasining amaliy ifodasini alohida eʼtirof etdi:

“Bu muzeyning oʻq tomiri — texnologiya. Sunʼiy intellekt yordamida ajdodlarimiz bilan muloqot qilish imkoniyati yaratilgan. Bu yerda uchinchi Renessansning tasavvurinigina emas, balki uning amaliyotini koʻrdim. Tarix bu yerda jonli voqea sifatida hikoya qilinadi, odam zerikmaydi va oʻzga kerakli maʼnaviy javoblarni topadi.”

Tashrif yakunida Islom sivilizatsiyasi markazi Oʻzbekistonning boy tarixiy, ilmiy va maʼnaviy merosini zamonaviy yondashuv asosida targʻib etuvchi noyob ilmiy-maʼrifiy makon ekani taʼkidlandi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6
carousel image 7
carousel image 8

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12219
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9947
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7978
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar