Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Podshohlarni tarbiyalagan ayollar: Islom sivilizatsiyasi markazida ayollar tarixi qanday yoritilmoqda?

30.01.2026, 12:301216
Podshohlarni tarbiyalagan ayollar: Islom sivilizatsiyasi markazida ayollar tarixi qanday yoritilmoqda?

Yuzga yaqin xotin-qizlar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, tarixda ayollarning davlat, jamiyat va maʼnaviyat taraqqiyotida tutgan oʻrniga bagʻishlangan noyob ekspozitsiyalar bilan tanishdi.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad — xotin-qizlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, boy tarixiy-madaniy meros va maʼnaviy qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi.

Tashrif davomida ular markazda tashkil etilgan ekspozitsiya zallari, Birinchi, Ikkinchi Renessans davrlari va Yangi Oʻzbekistonga bagʻishlangan ilmiy-maʼrifiy boʻlimlar, shuningdek, islom sivilizatsiyasi tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan tanishdi.

Ayniqsa, Temuriy malikalar, Bibixonim timsoli, Shodmalik xotin tomonidan koʻchirilgan Qurʼoni Karim nusxalari, qoʻlyozma asarlar, milliy liboslar va hunarmandchilik namunalari tashrifchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Ekspozitsiyalar orqali tarixda ayollarning jamiyat, davlat boshqaruvi, maʼnaviy-maʼrifiy hayotdagi oʻrni keng yoritilgani alohida taʼkidlandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyo uchun muhim madaniy-maʼnaviy markazga aylandi. Bugun xotin-qizlarimiz bilan ushbu markazga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari hamda ajdodlarimiz qoldirgan boy meros bilan yaqindan tanishdik. Asosiy maqsadimiz ayollarimizga tarixiy merosni koʻrsatish, ular orqali oila va farzandlar ongida milliy iftixor va maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlashdir. Ekspozitsiyalar, ayniqsa, Temuriy malikalar haqidagi kontentlar, xususan, Bibixonim liboslari, qoʻlyozma kitoblar va Qurʼon nusxalari ayollarimizda katta taassurot qoldirdi. Tashrifchilar tarixda ayollarning davlat va jamiyat hayotidagi oʻrni qanday ulugʻlanganini yaqqol his etdi. Islom sivilizatsiyasi markazi maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega boʻlish bilan birga, mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Tashrifchi ushbu maskandan milliy iftixor va vatanparvarlik ruhida ilhomlanib qaytadi, – dedi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mukarram Nurmatova.

Ayniqsa, tarixda ayollarning oʻrnini yoritishga qaratilgan ekspozitsiyalar katta qiziqish uygʻotmoqda. Temuriy malikalar, davlat va jamiyat hayotida maʼrifat va zakovati bilan faol ishtirok etgan buyuk ayollar timsollariga alohida eʼtibor berilgani quvonarli holat. Qadimdan ayollarimiz podshoh boʻlmagan boʻlishi mumkin, ammo podshohlarni tarbiyalagan, jamiyat maʼnaviyatini shakllantirgan ulkan salohiyatli shaxslar boʻlgan. Ular orasida buyuk yozuvchilar va shoiralar ham kam boʻlmagan. Bugun Yangi Oʻzbekiston va Yangi Renessans gʻoyalari asosida barpo etilgan ushbu majmua insonni befarq qoldirmaydi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ulkan islohotlar amalga oshirildi, ayniqsa, mahalla, oila va xotin-qizlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbus va koʻrsatmalari asosida xotin-qizlarni ulugʻlashga qaratilgan islohotlar bugun amaliy natija bermoqda. Ushbu islohotlarning samarasini mazkur majmua faoliyati misolida ham yaqqol koʻrish mumkin, – dedi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva. 

Prezidentimizning xotin-qizlarga qaratgan eʼtibori, shuningdek, vertikal tizimda mahalladan to hokimlik, hokimdan to vazirlik darajasigacha boʻlgan hamkorlik bu maskanda yaqqol namoyon boʻladi. Ayollarimiz Bibixonimning liboslarini koʻrib, oʻzlarini oʻsha davrga tushib qolgandek his qilishdi. Liboslarning nafosati va amaliy mahorati ularni hayratga soldi. Shu tarzda, markaz har bir renessans boʻlimida ayollar tarixi va ularning ijtimoiy ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratgan holda, oʻtmish va bugunning uygʻunligini namoyon etadi. Bu tashrif orqali ayollarimiz nafaqat tarixiy meros bilan tanishdi, balki oʻzlariga ham ilhom olib qaytdi, – dedi Olmazor tumani oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sevara Hashimova.

Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari markazdagi ekspozitsiyalar bilan tanishar ekan, ajdodlar merosiga nisbatan iftixor tuygʻusini his etganliklarini, mazkur majmua xotin-qizlarning maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, oila va jamiyatda maʼnaviy tarbiyani mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi. Shuningdek, markaz turizm sohasini rivojlantirishda ham muhim oʻrin tutayotgani, mamlakatning xalqaro imijini oshirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.


Tashrif doirasida xotin-qizlar ajdodlar merosidan maʼnaviy ilhom olib, Vatanga boʻlgan daxldorlik va faxr tuygʻusini yanada chuqur his qilganliklarini bildirdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12219
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9947
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7978
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar