Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Erondan Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxonning tarixiy farmoni nusxasi Oʻzbekistonga qanday qaytarildi?

05.02.2026, 10:561241
Erondan Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxonning tarixiy farmoni nusxasi Oʻzbekistonga qanday qaytarildi?



Prezident Shavkat Mirziyoyevning mualliflik loyihasi – 8 yil davomida 4000 ga yaqin quruvchilar ishtiroki bilan qurilib, 800 ga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar, shuningdek, sanʼatshunoslar, hunarmandlar, dizaynerlar kabi bir necha soha mutaxassislari tomonidan islomdan avvalgi davrdan boshlab bugungi Yangi Oʻzbekistongacha taraqqiyot jarayonlari shakllantirilgan, eng muhimi,  joriy yilda ochilishi kutilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotmoqda. 

Ushbu Markaz muzeyining tashqi mahobatidan tashqari ichki mazmuni ham keng qamrovliligi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, muzey ekspozitsiyasining “Ikkinchi Renessans davri” boʻlimining “Oʻzbek xonliklari”ga bagʻishlangan qismida jamlangan ekspozitsiyalar orqali inson oʻzbek davlatchiligining ildizlari, milliy til va maʼnaviyat taraqqiyoti qanday shakllanganini yaqqol his qiladi.

Ushbu sektorda Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Qoʻngʻirotlar, Mangʻitlar va Minglar sulolalari tarixi izchil tarzda yoritilgan. Ekspozitsiya orqali XV–XIX asrlarda Markaziy Osiyoda mavjud boʻlgan siyosiy jarayonlar, davlat boshqaruvi tizimi, madaniy muhit haqida keng tasavvur hosil qilish mumkin.

Ayniqsa, Shayboniylar va Ashtarxoniylar davriga oid nodir qoʻlyozmalar, rasmiy hujjatlar, farmonlar alohida eʼtiborni tortadi. Ular orasida buyuk Xiva xoni, tarixchi va mutafakkir Abulgʻozi Bahodirxonga tegishli turkiy tilda yozilgan farmon ekspozitsiyaning eng qimmatli durdonalaridan biri sanaladi.

Mazkur farmonning asl nusxasi hozirda Eron Islom Respublikasining Mashhad shahrida joylashgan Ostoni Quddusi Razaviy kutubxonasida saqlanmoqda. 2025 yilda Markaz ilmiy xodimlari tomonidan ushbu islom mamlakatiga amalga oshirilgan ilmiy safar davomida bunga guvoh boʻlishdi. Bu esa noyob artefaktning faksimeli nusxasini yaratishga sabab boʻldi. Markaz ekspozitsiyasidan oʻrin olgan Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tarixiy farmonining nusxasi mashhur xattot Habibulloh Solih tomonidan koʻchirildi. 

Bugun ushbu tarixiy hujjat, nodir artefakt oʻzbek davlatchiligi va siyosiy madaniyatining yorqin namunasi sifatida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. Bu jarayon muzey ekspozitsiyasining ilmiy asoslanganligini yana bir bor namoyon etadi.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar