Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yuz nafar buyuk oʻzbek allomalari haqida kreativ roliklar tayyorlanadi

17.04.2025, 10:20873
Yuz nafar buyuk oʻzbek allomalari haqida kreativ roliklar tayyorlanadi

Yuz nafar buyuk oʻzbek allomalari haqida kreativ roliklar tayyorlash loyihasi ishga tushiriladi. Ushbu media-loyihalar butun dunyoga Oʻzbekistonning taniqli tarixiy shaxslari, kashfiyotlari, zamonaviy ilm-fan va texnikaning asosiga aylangan oʻzbek olimlari, faylasuflar va mutafakkirlar haqida hikoya qiladi. Bu haqda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari va hamkor tashkilotlar vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilindi.

Unda Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov, Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori, professor Bahrom Abduhalimov va Ishchi guruh vakillari ishtirok etdi. 

 

Mazkur roliklarda buyuk allomalar merosini global darajada taqdim etish uchun dunyo yulduzlarining hikoyachi sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Morgan Friman, Denzel Vashington, Mel Gibson, Burak Ozchivit, Ben Kingsli, Anjelina Joli shular jumlasidandir. Shu bilan birga  sunʼiy intellekt (SI) yordamida portretlar yaratish imkoniyati, elektron formatda “Live library” tashkil etish va loyihalar namunasi koʻrib chiqildi.


Shuningdek, muhokamada Markaz ekspozitsiyasini tashkil etish uchun olib borilayotgan ishlar, xorij muzeylari bilan hamkorlikdagi ishlarning bosqichi, ekspozitsiyadan oʻrin oladigan roliklar, elektron materiallar, koʻrgazmalar tayyorlash kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, yoʻnalishlar boʻyicha ish rejasini tuzish, "Outdoor Factory"  kompaniyasi bilan olib borilayotgan ishlar bosqichi, “Vaqt devori” va boshqa loyihalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar