Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Qadimgi sivilizatsiyalarga sayohat” – tarixni zamonaviy texnologiyalar orqali jonlantiruvchi immersiv shou sizni kutmoqda!

18.04.2025, 11:521067
“Qadimgi sivilizatsiyalarga sayohat” – tarixni zamonaviy texnologiyalar orqali jonlantiruvchi immersiv shou sizni kutmoqda!

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ilmiy izlanishlar va madaniy-maʼrifiy loyihalar asosida yangi bosqich boshlanmoqda. “Qadimgi sivilizatsiyalarga sayohat” nomi ostida tashkil etilayotgan immersiv shou orqali qadim oʻtmish zamonaviy texnologiyalar yordamida tomoshabinlarga yangicha tarzda taqdim etiladi.


 

 

Loyiha doirasida Islomdan avvalgi davrga oid besh muhim sivilizatsiya — Xorazm, Baqtriya, Sugʻd, Choch va Fargʻona madaniy meroslari chuqur ilmiy tadqiq etilmoqda. 1-bosqichda ushbu hududlarda mavjud boʻlgan qadimiy shaharlar, yozuvlar, arxitektura, madaniyat va ijtimoiy hayotga oid tarixiy manbalar oʻrganilib, ularning raqamli texnologiyalar orqali jonlantirilishi koʻzda tutilgan.
 


 

Bu haqda “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” boʻlimi koordinatori, tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Isxoqov quyidagicha fikr bildirdi:
 
–  Ushbu immersiv shou zamonaviy talqinda tarixni gavdalantirishi bilan eʼtiborga molikdir. Mahalliy va chet ellik sayyohlar muzeyga tashrif buyurar ekan, uning aynan zamonaviy tarzda tarixni yoritilishidan zavq olishsa ajab emas.
Immersiv shouning asosiy gʻoyasi – qadimiy tarixni raqamli makonda jonlantirish, uni nafaqat koʻrish, balki his qilish imkonini berishdir. Tashrif buyuruvchilar oʻzini goʻyoki qadimgi Baqtriya saroyida yoki Sugʻd bozori ichida turgandek his qilishi mumkin. VR (virtual reallik), 3D modellashtirish, ovoz effektlari va interaktiv elementlar orqali yaratiladigan sahnalar ilmiy asoslangan holda ishlanmoqda.
Bu nafaqat tarixni oʻrganish, balki uni his qilishdir. Oʻzbekiston tarixining turli bosqichlarini har tomonlama yoritishga qaratilgan bu loyiha yurtimiz turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, xorijiy sayyohlar uchun bu yondashuv oʻziga xos yangilik boʻlib, tarixni zamonaviy estetikada koʻrsatish orqali ularni chuqur taassurotga soladi.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar