
O‘zbekiston prezidenti tashabbusidan — Parijdagi xalqaro muloqotgacha: Islom sivilizatsiyasi markazi YUNESKOda Movarounnahr buyuk allomalari merosini taqdim etdi
YUNESKO Bosh qarorgohida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya 300 nafardan ziyod olimlar, diplomatlar va yetakchi xalqaro tashkilotlar vakillarini bir joyga jamlab, Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini jahon hamjamiyatiga taqdim etish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.




