
2133
Artefakt. Ikki ilon shaklidagi girya
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan oʻrin olishi kutilayotgan artefakt 1894 yilda Fargʻona viloyati Soʻx tumani Tul qishlogʻi yaqinidagi Mugʻtepa mavzesida aniqlangan boʻlib, ilmiy adabiyotlarda Soʻx topilmasi nomi bilan ataladi. Topilma xrizotildan ishlangan, balandligi 27 sm, eni 24 sm, yoʻgʻonligi 4.5 sm, ogʻirligi 4.806 kg ni tashkil etadi.




