
1742
Boburga tegishli farmon faksimeli nusxasi tayyorlanadi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun Zahiriddin Muhammad Boburga tegishli farmon faksimeli nusxasi tayyorlanadi. Uning ushbu farmoni 933 yil zulqaʼda oyining 13 (yoki ehtimol 30) sanasida (1527 yil avgust) yozilgan boʻlib, bu 1527 yil martida Xanva jangida Mevarlik Rana Sanga va uning ittifoqchilari ustidan qozonilgan hal qiluvchi gʻalabadan bir necha oy oʻtgach yozilgan.




