
1965
Inkor qilib boʻlmas tarixiy haqiqat: sunʼiy intellektga Sharqda asos solingan!
Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va shu kabi olamshumul kashfiyotlarning asl negizi Yevropada emas, Sharqda – Al-Xorazmiy tomonidan kashf etilganligini bilarmidingiz? Ilm sohasidagi original innovator sifatida tan olingan Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nafaqat oʻz davri, balki butun insoniyat tamadduni yoʻnalishini oʻzgartirib yuborgan allomalardandir. Uning nomi bugun dunyo fan sohasida "algebra" va "algoritm" degan ikki muqaddas atamaning ildizida mujassam.




