
2571
Berlin kutubxonasidan boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi
Bu haqda Toshkentda davom etayotgan O‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligi doirasidagi tadbirlarda ma’lum qilindi. Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan boburiylarga oid mazkur muhtasham albomning bir tomonida g‘azallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan. E’tiborli jihati, albomdagi g‘azallar Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga tegishli bo‘lib, turkiy tilda yozilgan.




