Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Bayram Begay

Albaniya Respublikasi Prezidenti

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish men uchun katta mamnuniyat bo‘ldi. Prezidentingizning uzoqni ko‘zlagan tashabbusi va qarashlari natijasida barpo etilgan ushbu muhtasham markaz nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun bebaho xazinadir. Bu yerga ko‘plab mehmonlar va sayyohlar tashrif buyuradi. Eng muhimi, yosh avlod shu yerda mamlakatingizning boy tarixi va sivilizatsion merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish men uchun muhim tajriba bo‘ldi. Bu forumda birinchi marta qatnashdim. Forum tadbirkorlarimiz uchun yangi sheriklar topish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bunday uchrashuvlar xalqlarimiz va davlatlarimizning bir-birini yanada yaqindan anglashiga xizmat qiladi

Bayram Begay