
Fikr-mulohazalar
Frank-Valter Shtaynmayer
Germaniya Federal Prezidenti
Ayni damda biz Islom sivilizatsiyasi markazi yonida turibmiz. Uning nomiga e’tibor bering – gap din haqida emas, aynan sivilizatsiya haqida bormoqda. Bu Markaziy Osiyoning islomgacha va islom davri tarixi haqida ta’sirchan tarzda hikoya qiluvchi yirik ilmiy-ma’rifiy markazdir.
Shuningdek, Germaniya nuqtayi nazaridan bu mintaqa Yevropa va Osiyoning keng hududlari o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prikdir. O‘zbekiston esa Markaziy Osiyoda ushbu ko‘prik vazifasini o‘z taraqqiyot yo‘li va siyosatida doimo namoyon etib kelgan davlatlardan biridir.
