
Antoniu Guterrish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi
Mening Oʻzbekistonga birinchi tashrifim 20 yil oldin boʻlgan.
Janob Prezident, Sizning prezidentlik faoliyatingiz boshlangan davrda O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lganman. Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekistonning o‘z fuqarolariga eng asosiy huquqlarni ta’minlash, shuningdek, kelajakda farovon hayot uchun keng va istiqbolli imkoniyatlar yaratish borasidagi salohiyatini tubdan yuksaltirdi.
Siz Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq hamohang bo‘lgan siyosatni ishlab chiqdingiz. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan kun tartibi Sizning 2030-yilgacha bo‘lgan milliy taraqqiyot dasturingiz bilan to‘la hamohangdir. Bu esa biz birgalikda duch kelayotgan kelajakka nisbatan qarashlarimizdagi yuksak mushtaraklikni namoyon etadi.
Markaziy Osiyoga tashqaridan nazar tashlagan ko‘pchilik uni, asosan, sivilizatsiyalar chorrahasi sifatida tasavvur qiladi. Ammo haqiqat shundaki, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston sivilizatsiyalar chorrahasidan ancha keng va yuksak mazmunga ega. U — sivilizatsiya markazidir. Samarqand yoki Buxoroga borishning o‘ziyoq ushbu mintaqaning jahon sivilizatsiyasi rivojiga naqadar ulkan hissa qo‘shganini, uning taraqqiyot jarayonida qanday muhim o‘rin tutganini his etish uchun kifoya.

