Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Muhammad Ben Sulaym

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Prezidenti

Oʻzbekiston hukumati va shaxsan Prezidentga bu Markazni oʻz koʻzimiz bilan koʻrish imkonini bergani uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bu yerda ilgari bilmagan koʻplab maʼlumotlarni koʻrdim. Menimcha, bu Oʻzbekistonning yashirin xazinasi.

Bu yurt dunyoga yoygan ilmiy meros haqida koʻpchilik hali ham yetarlicha xabardor emas.

Qurʼonga bagʻishlangan zalda asl qoʻlyozmalarni koʻrganim, yoʻqolib ketgan yoki turli yoʻllar bilan boshqa mamlakatlarga oʻtib ketgan nodir manbalarni qayta jamlash boʻyicha Prezidentning shaxsiy tashabbusi haqida eshitganim bu meni chuqur hayajonga soldi.

Bu maskan dunyo miqyosida yanada keng targʻib qilinishi kerak. Xorazmiy, Imom Buxoriy, Ibn Sino kabi buyuk shaxslarning nomini hech kim inkor eta olmaydi. Ularning ilmiy merosini global miqyosda namoyish etish bizning ham burchimiz.

Oʻzbekistonning islomdan avvalgi davrdan tortib bugungi kungacha boʻlgan bosqichma-bosqich taraqqiyoti, bu yerning islom madaniyatiga qoʻshgan ulkan hissasi  bularning barchasi meni hayratga soldi. Eng muhimi, bu maskan odamni asl haqiqatga qaytaradi: tarixdan saboq olib, dadil oldinga yurish kerak degan gʻoyani beradi.

af