Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Bu oddiy muzey emas”: Qirg‘iziston deputati Toshkentdagi noyob markaz haqida fikr bildirdi

02.04.2026, 17:45924

Yangi O‘zbekistonning ilmiy va madaniy imidji tobora mustahkamlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi va tashabbusi bilan bunyod etilgan va yaqinda rasman ochilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” parlamentlararo birinchi hamkorlik forumi doirasida yurtimizda bo‘lib turgan bir necha davlatlar delegatsiyalari vakillari markazga tashrifi davomida bu haqiqatni takror va takror e’tirof etishmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” parlamentlararo birinchi hamkorlik forumi doirasida yurtimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Yuqori Kengashi deputati Saltanat Amanova Markazni Markaziy Osiyodagi eng ilg‘or va innovatsion muzeylardan biri sifatida baholadi.

Qirg‘iziston deputati Saltanat Amanova tashrif chog‘ida Markaz muzeyining barcha ekspozitsiya zallari bilan batafsil tanishdi. Xususan, “Buyuk siymolar galereyasi” unda alohida qiziqish uyg‘otdi. Ushbu galereyada 14 ta ravoqda mozaika san’ati orqali islom tamadduni va jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar hayoti va ilmiy merosi zamonaviy formatda namoyish etilgani mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, islomdan avvalgi davr sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan bo‘limda qadimgi karvonlar izi, Buyuk Ipak yo‘li, Lojuvard yo‘li, Buyuk Shoh yo‘li, Kumush yo‘li va Buyuk Hind yo‘li, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalar va madaniy almashinuv jarayonlari, interaktiv loyihasi, Dalvarzintepadan topilgan II-III asrga oid ilk shaxmat donalari, sug‘d liboslari kabi noyob eksponatlarga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Renessans davriga bag‘ishlangan ekspozitsiyadagi maxsus kapsulalar ichida joylashtirilgan artefaktlarni ham mehmon katta qiziqish bilan tomosha qildi.

Ikkinchi Renessans davri bo‘limida esa Amir Temur saltanati xaritasi, Yevropa olimlari tomonidan yozilgan asarlar, Amir Temur avatari, xattot Umar Aqto tomonidan ko‘chirilgan ulkan Qur’on nusxasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi maketi hamda uning 3D namoyishi mehmonda alohida taassurot uyg‘otdi.

Tashrif yakunida Saltanat Amanova o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, markaz faoliyatini yuksak baholadi:

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga rasmiy delegatsiya tarkibida kelib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan juda katta tarixiy ishlarning guvohi bo‘ldik. Islom sivilizatsiyasi markazi — bu nafaqat muzey, balki butun bir ilmiy-ma’rifiy majmua ekanini his qildim. Muzey ichiga kirib, juda katta taassurot oldim.

Birinchidan, bu yerdagi kontent va konsepsiya juda puxta va zamonaviy yondashuv asosida yaratilgan. Eng muhimi, an’anaviy muzey uslubidan voz kechilib, gologrammalar, elektron platformalar va sun’iy intellekt texnologiyalari orqali interaktiv muhit yaratilgan. Ayniqsa, qo‘l bilan ushlab ko‘rish mumkin bo‘lgan miniatyuralar juda qiziqarli va ta’limiy ahamiyatga ega.

Ikkinchidan, bu yerda san’at va texnologiya uyg‘unligi juda yuqori darajada ta’minlangan. Haykaltaroshlar, rassomlar, grafika va rangtasvir ustalarining asarlari professional darajada joylashtirilgan. Bu esa, tashrif buyuruvchilarda nafaqat bilim, balki estetik zavq ham uyg‘otadi.

Bu markaz kichik bolalardan tortib, maktab o‘quvchilari va talabalargacha – barcha yosh toifalari uchun juda muhim maskan. Bugungi kunda ilmiy texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Agar yosh avlodga axborotni ular tushunadigan shaklda taqdim etmasak, ular an’anaviy muzeylarga qiziqmaydi. Bu yerda esa barchasi zamonaviy va tushunarli shaklda berilgan.

Eng ahamiyatlisi, ma’lumotlar 10 tilga tarjima qilingan bo‘lib, har bir tashrif buyuruvchi o‘z tilida axborot olish imkoniyatiga ega. Ilgari biz bunday gologramma va interaktiv texnologiyalarni Yevropa muzeylarida, xususan, Parijda ko‘rgan bo‘lsak, bugun ana shunday yuqori darajadagi muzeyni Markaziy Osiyoda, O‘zbekistonda ko‘rib turganimiz juda quvonarli holat.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunday ulkan va xayrli ishlar uchun minnatdorlik bildiraman. Qirg‘iz va o‘zbek xalqlari azaldan bir-biriga yaqin, qardosh xalqlar hisoblanadi. Dinimiz, tilimiz, madaniyatimiz mushtarak. Biz bir havodan nafas olgan xalqlarmiz. O‘zbekistonda madaniyat va tarixni, islom sivilizatsiyasini hamda turkiy xalqlar merosini shunday yuksak darajada namoyish etayotganingiz tahsinga sazovor. O‘zbekiston rivojlanaversin, yuksalaversin, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik abadiy bo‘lsin.

Ta’kidlash joizki, mazkur tashrif nafaqat madaniy meros bilan tanishish, balki Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14831
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar