Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

XIV asrning oltin siri: Markaziy Osiyo ot jabduqlaridan topilgan nafis bezaklar tarixni so‘zlamoqda

17.04.2026, 11:061184
XIV asrning oltin siri: Markaziy Osiyo ot jabduqlaridan topilgan nafis bezaklar tarixni so‘zlamoqda

Markaziy Osiyoda XIV asrga oid ot jabduqlarining bezak qismlari o‘rta asr harbiy madaniyati va zodagonlar turmush tarzining muhim belgilaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Zarhal qilingan kumushdan tayyorlangan ushbu nafis buyumlar nafaqat amaliy vazifani bajargan, balki egasining ijtimoiy mavqei va qudratini ham namoyon etgan.

Mazkur artefaktlar XIV asrga mansub bo‘lib, ular Markaziy Osiyo hududida shakllangan yuksak metallsozlik va zargarlik an’analarining yorqin namunasi hisoblanadi. O‘sha davrda ot nafaqat transport vositasi, balki harbiy kuch, siyosiy nufuz va saroy marosimlarining muhim ramzi bo‘lgan. Shu sababli ot jabduqlari ko‘pincha qimmatbaho metallardan tayyorlanib, murakkab naqshlar bilan bezatilgan.

Rustam Jabborov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kotibi:

Ushbu bezak qismlari zarxallangan kumushdan ishlangan bo‘lib, ularning yuzasiga o‘yma va naqsh solish texnikasi qo‘llangan. Metall ustalari kumush yuzasiga nafis islomiy va girih uslubidagi naqshlarni o‘yib, so‘ngra oltin qoplama bilan bezash orqali buyumlarga hashamat bag‘ishlagan. Har bir detal taxminan 7,5 sm diametrga ega bo‘lib, ular ot jabduqlarining turli qismlariga – jilov, yugan yoki tasmalarga mahkamlangan.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, XIV asr Markaziy Osiyo hududi harbiy otliq qo‘shinlar bilan mashhur bo‘lgan. Ayniqsa, bu davrda shakllangan harbiy an’analar keyinchalik temuriylar davrida yanada takomillashgan. Ot jabduqlarini bezash san’ati esa saroy ustaxonalari va zargarlik markazlarida rivoj topgan bo‘lib, bunday buyumlar ko‘pincha hukmdorlar, amirlar yoki yuqori martabali lashkarboshilarga tegishli bo‘lgan.

Bugungi kunda ushbu noyob bezak qismlari Buyuk Britaniyadagi mashhur kolleksiyadan Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi asosida qurilgan Islom sivilizatiyasi markaziga olib kelingan. Dunyodagi eng yirik Islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida rasman e’tirof etilib, Guinness World Records ning nufuzli unvoniga sazovor bo‘lgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bunday noyob va asl nusxadagi artefaktlarni ko‘rish mumkin. Ular Markaziy Osiyo hunarmandchiligi, xususan, o‘rta asr metall san’ati naqadar yuksak darajada rivojlanganini ko‘rsatib beruvchi muhim tarixiy dalil hisoblanadi. 

Mutaxassislarning fikricha, bunday artefaktlar nafaqat harbiy jihozlarning bir qismi, balki o‘rta asr estetikasi va zodagonlik madaniyatini aks ettiruvchi san’at asarlari sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Ular orqali XIV asr Markaziy Osiyodagi otliq madaniyati, zargarlik texnologiyasi va naqsh san’atining rivoj darajasini aniq tasavvur qilish mumkin.

Shu tariqa, zarhal kumushdan ishlangan ushbu ot jabduqlari bezaklari o‘rta asr Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining nafis didi, qudrati va san’at darajasini o‘zida mujassam etgan noyob tarixiy meros sifatida qadrlanadi.

Laylo Abduqaxxarova

P/S:Maqolani markaz rasmiy saytiga havola bilan ko‘chirib e’lon qilish mumkin

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma