Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

IRCICA O‘zbekiston tashabbusini yangi sivilizatsion bosqich deya baholadi

07.07.2026, 19:10717

Islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat g‘oyalarini jahon hamjamiyatiga yetkazish nafaqat muayyan bir davlatning, balki butun musulmon olamining umumiy vazifasiga aylanmoqda. O‘zbekiston esa ana shu xalqaro hamkorlikning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda. Joriy yilning 7-11 iyul sanalarida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 40 dan ortiq davlatning 300 ga yaqin davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, yetuk ulamolar, akademiklar, tadqiqotchilar, muzey va kutubxona rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Toshkent-Samarqand-Termiz shaharlarida o‘tkazilayotgan tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘lini birlashtirgan I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ana shu tashabbuslarning yana bir amaliy ifodasi bo‘lmoqda. Dunyoning nufuzli olimu ulamolari ushbu forumni yuksak tashabbus deya e’tirof etishmoqda. Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi – IRCICA bosh direktori Mahmud Erol Qilich ham shular jumlasidan.

Mahmud Erol Qilich, Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi – IRCICA bosh direktori:

Ushbu yuksak tashabbus O‘zbekistonning tarixiy jug‘rofiyasida shakllangan buyuk sivilizatsion yutuqlarni yanada yoritib, ushbu boy merosning asosiy g‘oya va qadriyatlarini kelajakka olib o‘tish uchun yangi hamkorlik yo‘llarini ochmoqda.

Forum bizga ushbu betakror tarixiy hududga yana bir bor aqliy, ma’naviy va qalban, shu bilan birga geografik jihatdan ham sayohat qilish imkonini bermoqda. Movarounnahr, Xuroson va keng Markaziy Osiyo asrlar davomida insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilgan, ilm-fanning turli sohalari takomillashtirilgan va insoniyat tafakkuriga ulkan hissa qo‘shilgan buyuk sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lgan. Turli madaniy meroslar uyg‘unlashgan ushbu zaminlarda Islom dinining ilm-ma’rifatga bo‘lgan da’vati hamda davlat rahbarlarining ilm ahliga ko‘rsatgan ko‘magi barcha sohalarda taraqqiyotga xizmat qildi. Bu jarayon islomning ilk asrlarida xalifalik tarkibidagi xonliklardan boshlanib, XIII asrdan keyin hukm surgan ulkan davlatlar, jumladan, Oltin O‘rda, Temuriylar davlati va ularning vorislari davrigacha davom etdi.

Ushbu davrlar mobaynida mintaqa ilm-fan va taraqqiyotning markaziga aylandi. Murakkab tarixiy jarayonlar va zamonlar o‘zgarishiga qaramay, u tashqi mamlakatlar bilan uzluksiz aloqalarni saqlab qoldi. Shu bois mazkur hududning madaniy tarixi musulmon xalqlari xotirasida alohida o‘rin egallaydi. Bu meros men rahbarlik qilayotgan IRCICA — Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi hukumatlararo ilmiy-tadqiqot va madaniy muassasa faoliyatida ham muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston bilan hamkorligimiz juda samarali kechmoqda. Zero, Islom sivilizatsiyasi tarixini ushbu zaminda yashab ijod qilgan buyuk allomalar — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Xorazmiy va boshqa ko‘plab ulug‘ zotlar merosisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Biz ularning ilmiy merosini o‘rganish, kitoblar nashr etish, ta’lim dasturlarini rivojlantirish va bu bilimlarni Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar hamda xalqaro akademik va madaniy jamoatchilikka yetkazish ustida ishlamoqdamiz.

Shu doirada Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorligimiz yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ushbu ajoyib anjumanni tashkil etgan barcha tashkilotchilarga chuqur minnatdorligimni bildiraman.

Ma’lumot uchun: IRCICA — Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi hukumatlararo ilmiy-tadqiqot va madaniy muassasa faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Asosiy vazifasi tashkilotning to‘rt qit’ada joylashgan 57 a’zo davlati tarixi, san’ati va madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishdir.

Markaziy Osiyo IRCICAning eng muhim faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Biz, ayniqsa, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda, shuningdek, qo‘shni davlatlarning ilmiy doiralari bilan ko‘plab ilmiy hamkorlik loyihalarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7984
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar