Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Masjidul Harom Bosh imomi O‘zbekistonning islom merosini tiklash tashabbuslarini yuksak baholadi

09.07.2026, 10:44857

Bugun, 9 iyul kuni Samarqand shahrida I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida «Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” asari – ummat kitobi» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Unda Makkai Mukarrama shahridagi Masjidul Harom Bosh imomi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

“Ushbu nufuzli ilmiy anjuman munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi va uning donishmand rahbari, muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev hazratlarining ulkan sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etmoqchiman. Kechagina biz Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilgan Islom sivilizatsiyasi forumining yuksak darajada tashkil etilganiga guvoh bo‘ldik. Bugun esa Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyati va uning bag‘rida o‘tayotgan ushbu xalqaro ilmiy anjumanning boshlanishiga shohid bo‘lmoqdamiz.

Bu ishlar O‘zbekiston o‘z milliy va diniy qadriyatlariga sodiq mamlakat ekanini, uning rahbariyati yuksak maqsadlar, puxta rejalar va uzoqni ko‘zlagan taraqqiyot strategiyasi asosida harakat qilayotganini yaqqol namoyon etmoqda. Bu yerda Islom sivilizatsiyasi faqat tarixiy meros sifatida emas, balki inson qadrini yuksaltirish, ilm-ma’rifatni rivojlantirish, tushunchalarni yangilash va jaholat hamda tanballikdan xalos bo‘lish yo‘lidagi amaliy dastur sifatida talqin etilmoqda”.

Nufuzli olim o‘z chiqishida Imom Buxoriyning butun islom olami uchun tutgan beqiyos o‘rni, «Al-Jomi’ as-Sahih» asarining ilmiy ahamiyati hamda yosh avlodni buyuk muhaddis merosi asosida tarbiyalashning dolzarbligiga alohida to‘xtaldi.

«Bugun biz uchun sharaf va iftixorga to‘la muborak kundir. Bu kun – ummatimizning buyuk allomalaridan biri, butun dunyoga ilm tarqatgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak sunnatlarini o‘rganish, asrash va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida beqiyos xizmat qilgan Imom Buxoriy hazratlarining hayoti va merosi haqida mulohaza yuritish, undan ibrat va saboq olish uchun jam bo‘lgan kundir.

Imom Buxoriy rahmatullohi alayh yoshlik chog‘idanoq ilmning haqiqiy qadrini angladi va butun umrini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarini jamlash hamda saralashga bag‘ishladi. Ana shu beqiyos mehnat samarasi sifatida Allohning kitobidan keyingi eng ishonchli manba – “Al-Jomi’ as-Sahih” dunyoga keldi. Bu asar muvaffaqiyat faqatgina Allohning tavfiqi, sobitqadamlik, matonat va uzluksiz mehnat bilan qo‘lga kiritilishining yorqin namunasidir.

Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi har bir musulmon uchun ibrat maktabidir. Bugungi kunda ham farzandlarimizni aynan shu buyuk shaxsiyatlar hayoti asosida tarbiyalashimiz, ularni ilmga, odobga va haqiqatga muhabbat ruhida voyaga yetkazishimiz lozim», — dedi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd.

Shuningdek, Masjidul Harom Bosh imomi bu ezgu tashabbuslar islom olamining boshqa shahar va markazlarida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar bilan hamohang ekanini ta’kidladi.

“Ayni paytda Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan Qur’on, Sunnat va Islom merosini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan barakali xizmatlarni ham alohida e’tirof etamiz. Bu ishlar Ikki muqaddas masjid xodimi Podshoh Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud va uning valiahdi shahzoda Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz rahnamoligida amalga oshirilmoqda.

Alloh taolo ularning Islom, musulmonlar va butun insoniyat yo‘lidagi xizmatlarini ziyoda qilsin.

Shuningdek, Islom olamining ehtiyojlarini chuqur anglagan xalqaro tashkilotlardan biri – Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda ushbu nufuzli anjumanni tashkil etishdagi ishtirokini ham yuksak qadrlaymiz”.

Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd, shuningdek, o‘z chiqishida Saudiya Arabistoni rahbariyatining Qur’oni karim, sunnat va islom merosini asrash yo‘lida olib borayotgan ishlariga ham to‘xtalib, Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasidagi hamkorlik mazkur xalqaro konferensiyaning muvaffaqiyatli o‘tishiga munosib hissa qo‘shayotganini qayd etdi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar