Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Samarqanddan butun islom olamiga chaqiriq: ICESCO rahbari Imom Buxoriy merosini himoya qilish bo‘yicha ikki global tashabbusni ilgari surdi

09.07.2026, 11:26837

Samarqand shahrida I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida o‘tayotgan «Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” asari – ummat kitobi» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) Bosh direktori Solim al-Molik buyuk muhaddisning jahon ilm-fani va hadisshunoslik taraqqiyotida tutgan beqiyos o‘rni, «Al-Jomi’ as-Sahih» asarining yuksak ilmiy maqomi hamda bugungi kunda uning merosini himoya qilishning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tarixning o‘zi tomonidan e’tirof etilgan buyuk olimdir. U roviylar tarixi haqida maxsus asar yaratgan birinchi olim, shuningdek, hadis ilmiga bag‘ishlangan shunday kitobni ta’lif etdiki, u Allohning Kitobidan keyin Yer yuzidagi eng ishonchli manba sifatida butun islom ummati tomonidan qabul qilindi. Bu ulug‘ maqomga erishish oson kechmagan. Buning ortida yillab qilingan mashaqqatli mehnat, yuksak iroda, cheksiz sabr, ulkan zakovat va ilm yo‘lidagi beqiyos fidoyilik mujassam. U bolaligidanoq ilmga chanqoqligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan, keyinchalik esa o‘n olti yil davomida safar qilib, olti yuz ming hadisni o‘rgangan, mingdan ortiq ulamolar bilan muloqot qilgan va islom ilm-fani uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarni yaratgan, — dedi Solim al-Molik.

ICESCO Bosh direktori Imom Buxoriy hadis ilmida joriy etgan tanqidiy tahlil, roviylarni baholash, «jarh va ta’dil» hamda illatlarni aniqlash kabi ilmiy uslublar bugungi zamonaviy ilmiy metodologiyaning ilk poydevorlaridan biri bo‘lganini ta’kidladi. «Biz faxr bilan aytishimiz kerakki, Imom Buxoriy ilmda tekshirish, tahlil qilish va haqiqatni aniqlashning mukammal uslubini shakllantirgan buyuk allomadir. Uning merosi faqat musulmonlar uchun emas, balki butun insoniyat uchun ishonchli ilmiy tajriba namunasidir», — dedi u. 

Notiq bugungi kunda Imom Buxoriy merosiga nisbatan turli shubhalar uyg‘otishga qaratilgan urinishlar ilmiy asosga ega emasligini qayd etar ekan, Samarqandda o‘tayotgan mazkur xalqaro konferensiya ana shunday asossiz da’volarga munosib ilmiy javob bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston va ICESCO tomonidan tashkil etilgan ushbu tarixiy konferensiya oddiy tantana emas. Bu — Imom Buxoriyning buyuk merosini himoya qilish, musulmonlarning ma’naviy o‘zligi va sivilizatsion merosini asrab-avaylash yo‘lidagi yuksak mas’uliyat ifodasidir. Bugungi anjuman haqiqatni ilm bilan himoya qilishning yorqin namunasi bo‘ladi, — dedi Solim al-Molik.

ICESCO Bosh direktori o‘z chiqishida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ikki muhim tashabbusni ilgari surdi.

«Birinchidan, hadisi sharifga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyani har yili turli islom mamlakatlarida muayyan mavzuda muntazam o‘tkazishni taklif etaman.

Ikkinchidan, hadis ilmini rivojlantirish va ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish maqsadida har yili nufuzli xalqaro mukofot ta’sis etishni taklif qilaman, — dedi u.

Solim al-Molik shuningdek, o‘z chiqishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Imom Buxoriy merosini chuqur o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarini yuksak baholadi.

Men O‘zbekiston rahbariyatiga, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblariga ushbu xalqaro konferensiyani tashkil etish tashabbusi uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Ikki yil avval u kishi bilan uchrashganimda Imom Buxoriyga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish orzusi haqida gapirgan edilar. Bugun ana shu ezgu niyat Samarqand zaminida ro‘yobga chiqqanini ko‘rib turganimiz barchamiz uchun katta quvonchdir, — dedi u.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar