

Yangiliklar
CNN va Euronews «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» mediaforumining bosh axborot hamkorlariga aylandi
CNN va Euronews vakillari 24–28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» xalqaro mediaforumida ishtirok etadi.
25-avgust kuni Euronews telekanalining bosh direktori va tahririyat direktori Klaus Shtruns mediaforumda «Yangi hamkorlik: madaniyat, media va g‘oyalar orqali Yevropa va Markaziy Osiyoni birlashtirish — Islom sivilizatsiyasi markazi global axborot makonida» mavzusida maxsus ma’ruza bilan ishtirok etadi.
CNN vakili Paula Xankoks mediaforumning yalpi sessiya moderatorlaridan biri bo‘ladi. Shuningdek, mazkur mediaforumda CNN International Commercial ijrochi vitse-prezidenti Fil Nelsonning maxsus videomurojaati ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.
CNN International Commercial mintaqaviy vakili Imron Ahmad «O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi» nomli yalpi sessiya doirasida «CNN O‘zbekistonni kashf etmoqda: islom sivilizatsiyasi merosi asosiy yo‘nalishga aylanganida» mavzusida maxsus ma’ruza bilan ishtirok etadi.
Forum dasturidan tarixiy va madaniy merosni xalqaro media makonida zamonaviy formatlarda taqdim etish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar va muhokamalar o‘rin olgan.
Forumning asosiy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ladi. Unda qariyb 50 mamlakatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etadi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.