Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

IRCICA rahbari Shavkat Mirziyoyev haqida yozgan kitob xalqaro mediaforum dasturidan o‘rin oladi

Toshkent-Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» xalqaro mediaforumi doirasida Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bosh direktori Mahmud Erol Qilich muallifligidagi «Shavkat Mirziyoyev — ma’rifatparvar rahbar» kitobi taqdimoti o‘tkaziladi.

Kitob O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsiyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda davlat rahbarining xalqaro tashabbuslariga bag‘ishlangan.

Taqdimot doirasida kitob muallifi Mahmud Erol Qilichning maxsus videomurojaati namoyish etiladi.

IRCICA — Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib, islom olami tarixi, san’ati va madaniy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan. 

Markaz rahbarining mazkur taqdimotdagi ishtiroki forumning xalqaro noshirlik yo‘nalishidagi muhim tadbirlaridan biri bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro mediaforum 2026-yil 24–28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Forumning markaziy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi. Unda qariyb 50 mamlakatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etadi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.