

Yangiliklar
Oman TV: «Dunyo O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan ishlarni ko‘rishi kerak»
Ahmad Hilol al-Busaidiy, Oman TV telekanali yangiliklar dasturi boshlovchisi:
«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumidagi jarayonlar menga juda yoqmoqda. Bu yerda ajoyib muhit hukmron. Ko‘plab taniqli va nufuzli telekanallar hamda media vakillarining taklif etilgani ushbu maskan haqida keng axborot tarqatish uchun juda katta imkoniyat yaratmoqda.
Bu joyning o‘zi esa kishini maftun etadi. Bu yerda ulkan tarix va boy bilim mujassam. Forumdan ko‘zlangan maqsad ham, aslida, Islom sivilizatsiyasi markazi devorlari orasida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan imkoniyatlarni keng namoyish etish, deb o‘ylayman. Bu juda muhim.
Men doimo shuni istaymanki, bu kabi tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining erishgan yutuqlarini dunyoga namoyish etishda davom etsin. O‘zbekiston islom sivilizatsiyasini faqat yozma tarix sifatida emas, balki bugungi kunda ham insonlarga yetib borayotgan, dunyoga nur va tinchlik ulashayotgan haqiqiy kuch sifatida namoyon etayotganini ko‘rsatib berish muhim.
Ko‘plab mamlakatlarda, masalan, O‘zbekistonni media maydonida unchalik yaxshi tanilmagan yoki ommaviy axborot vositalarida ko‘p tilga olinmaydigan davlat sifatida tasavvur qilishlari mumkin. Ammo ushbu forumda ishtirok etib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar, ular ortidagi katta mehnat va sa’y-harakatlar bilan yaqindan tanishgach, O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotgan, yetakchilik qilayotgan mamlakat ekaniga ishonch hosil qildim. Bu, ayniqsa, Markaziy Osiyo va ushbu mintaqa uchun juda muhim.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini 1 sentyabr — Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklayman. O‘zbekiston Respublikasiga faqat ezgulik va eng yaxshi tilaklarni tilaymiz. Mamlakatingizga farovonlik, taraqqiyot va yuksalish, butun xalqingizga esa sog‘lik-salomatlik va xotirjamlik tilaymiz.
Eslatib o‘tamiz, 24-28 avgustda bo‘lib o‘tayotgan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi qariyb 50 davlatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakillari — mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar va kreativ industriyalar mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.