O‘zbekiston: jadal islohotlar va jahon miqyosidagi e’tirof Euronews nigohida
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi jadal islohotlar va o‘zgarishlar tufayli xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortmoqda. Bu o‘zgarishlar mamlakatdagi ichki jarayonlarga chuqur ta’sir ko‘rsatib, chet el jamoatchiligi nigohida uning yangi qiyofasini shakllantiryapti. Euronews telekanali muntazam ravishda Yangi O‘zbekiston haqidagi materiallar va videolavhalarni e’lon qilish orqali keng auditoriyaga mamlakatning boy tarixiy va madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari hamda keng qamrovli islohotlar to‘g‘risida ma’lumot yetkazishga ko‘maklashmoqda.